Turkiya delegatsiyasi Xalqaro islom akademiyasida

Turkiya Respublikasi Oliy ta’lim kengashi a’zolari va qator oliy ta’lim muassasalari rektorlaridan iborat delegatsiya O'zbekistonga tashrifi doirasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati, professor-o‘qituvchilar bilan uchrashdi.

1769902
Turkiya delegatsiyasi Xalqaro islom akademiyasida

 

Turkiya Respublikasi Oliy ta’lim kengashi a’zolari va qator oliy ta’lim muassasalari rektorlaridan iborat delegatsiya O'zbekistonga tashrifi doirasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati, professor-o‘qituvchilar bilan uchrashdi.

Tadbirda O'zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritildi. So‘nggi yillarda islom dini ilm-fani va madaniyatini har tomonlama chuqur o‘rganish uchun Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari va boshqa ta’lim muassasalari tashkil etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston - Turkiya munosabati mustahkamlanib borayotgani e’tirof etilib, fan va ta’lim, madaniyat, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi hamkorlik har ikki tomon uchun foydali ekani qayd etildi. Muloqot davomida ikki mamlakat ta’lim tizimidagi keng ko‘lamli hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish imkoniyati muhokama qilindi. Tomonlar sohaga oid kelgusidagi vazifalar, sa’y-harakatlar rejasini muvofiqlashtirish masalasiga ham to‘xtaldi.

Shuningdek, IT sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimini kuchaytirish, akademiyada turk tilini o‘qitishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi. Akademiya talabalari, professor-o‘qituvchilarning Turkiyada ta’lim olishi uchun grant ajratish, turkiyalik malakali mutaxassislarning O‘zbekistondagi faoliyatini yanada rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi.

– Xalqlarimizni azaliy do‘stlik, birodarlik, qardoshlik rishtalari bog‘lab turadi, – dedi delegatsiya rahbari Erol O‘zvar. – Turkiy tilda so‘zlashuvchi ikki elning dini bir, madaniyati, urf-odati uyg‘un.Delegatsiya a’zolari akademiyaning “Manbalar xazinasi” bo‘limidagi noyob qo‘lyozmalarni ko‘zdan kechirdi. Erol O‘zvar maxsus esdalik kitobiga samimiy tilaklari, dil so‘zlarini yozib qoldirdi.

Mehmonlar akademiya hududida joylashgan muqaddas qadamjolar – Shayx Xovandi Tohur, To‘labiy (Qaldirg‘ochbek) hamda Yunusxon maqbalarini ziyorat qilishdi. Shu yerda yashab, faoliyat yuritgan aziz-avliyolar xotirlandi.
Turkiya delegatsiyasining O'zbekistonga tashrifi davom etmoqda.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar