Qozog‘iston prezidenti To'qayev Olma-ota shahriga tashrif buyurdi

Davlat rahbari Olma-ota shahriga amaliy tashrifi chog‘ida shahar tez tibbiy yordam shifoxonasiga borib, tartibsizliklarda jarohatlanganlar ahvolidan xabar oldi.

1762022
Qozog‘iston prezidenti To'qayev Olma-ota shahriga tashrif buyurdi

 

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev kecha, 12-yanvar kuni mamlakatda ro‘y bergan hodisalarning asosiy alanga nuqtasi – Olma-ota shahriga borib, tartibsizliklarda jarohatlanganlar ahvolidan xabar oldi. 

Davlat rahbari Olma-ota shahriga amaliy tashrifi chog‘ida shahar tez tibbiy yordam shifoxonasiga bordi.

Prezident travmatologiya bo‘limiga tashrif buyurib, palatalarda davolanayotgan jarohatlanganlar bilan suhbatlashdi. 

Prezident jarohatlanganlarning sog‘lig‘i bilan qiziqib, ularning tezroq sog‘ayib ketishini tilagan, tibbiyot xodimlari bilan ham suhbatlashib, bemorlar ahvoli haqida ma’lumot olgan. 

Ta’kidlanishicha, xavfsizlik kuchlarining barcha jarohatlangan a’zolariga zaruriy yordam ko‘rsatiladi. 

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, tartibsizliklarda jarohatlanganlarning barchasiga o‘z vaqtida to‘liq tibbiy yordam ko‘rsatilgan.  

Shuningdek, prezident To‘qayev namoyishlarni bostirish jarayonida qurbon bo‘lgan politsiya xodimlari va harbiy xizmatchilarning yaqinlari bilan uchrashgan. U yana bir bor marhumlarning yaqinlariga hamdardlik bildirib, ularni davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan.

“Ular xalqimiz xavfsizligi, kelajak avlodlar, yurtimiz fuqarolari uchun jonini fido qilgan haqiqiy qahramonlardir. Biz ularning jasoratidan xursandmiz, ularni doim xotirlaymiz. Ular xalqimiz xotirasida abadiy qoladi. Men so‘z beraman, oilalaringiz e’tibordan chetda qolmaydi. Xoh uy-joy sharoiti, xoh bolalarni o‘qishga yuborish bo‘lsin, barchasiga doimiy yordam beramiz”,- dedi Prezident. 

So‘ngra Qosim-Jomart To‘qayev xizmat burchini ado etishda halok bo‘lganlarning yaqinlariga ko‘rsatgan jasorati va fidoyiligi, davlat manfaatlarini himoya qilish yo‘lida qilgan xizmatlari uchun mukofotlar topshirdi.



Aloqador xabarlar