Turk Davlatlar Tashkiloti kosmik tadqiqotlarda o‘z kuchini birlashtirmoqchi

Turk Davlatlar Tashkilotiga (TDT) a’zo va kuzatuvchi davlatlarning kosmik agentliklari va tegishli muassasalari yig‘ilish o‘tkazdi.

1750057
Turk Davlatlar Tashkiloti kosmik tadqiqotlarda o‘z kuchini birlashtirmoqchi

Ozarbayjon poytaxti Bokuda Turk Davlatlar Tashkilotiga (TDT) a’zo va kuzatuvchi davlatlarning kosmik agentliklari va tegishli muassasalarining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Poytaxt Bokuda Ozarbayjonning “Azerkosmos” agentligi mezbonlik qilgan yig‘ilishga Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Vengriyadan mas’ullar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda TDT a’zolarining kosmik loyihalari bo‘yicha maruzalar o‘qilar ekan ayni vaqtda, bu boradagi hamkorlikni rivojlantirish maqsadida birgalikda faoliyat olib borish yo‘llari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda Turkiya nomidan ishtirok etgan Turkiya Kosmik agentligi (TUA) rahbari Serdar Huseyin Yildirim matbuotga bergan bayonotida:

“Tarixiy qadam tashlayapmiz, ahamiyati esa keyingi yillarda yanada chuqurroq tushuniladi”.- dedi.

Azerkosmos rahbari Sameddin Asadov, yirik davlatlarning koinotga katta sarmoyalar kiritganini yodga solgan holda, Turk davlatlarining ham kosmik tadqiqotlarda o‘z kuchini birlashtirishi kerakligini ta’kidladi.

TDT Bosh kotibi oʻrinbosari Mirvokhid Azimov esa aʼzo davlatlarning kosmik sohada katta salohiyatga ega ekaniga e’tibor qaratib:

“Mamlakatlarning bu salohiyatlar va bir-birining tajribasidan foydalanishi, kosmik sohadagi hamkorlik uchun muhim infratuzilmani tashkil qiladi”.-dedi.



Aloqador xabarlar