Qirg‘iziston Turkiyaning Bayraktar TB2 dronlarini sotib oldi

Uchuvchisiz boshqariluvchi mazkur qurilmalarni mamlakat prezidenti Sadir Japarovning shaxsan o‘zi ko‘zdan kechirdi.

1749466
Qirg‘iziston Turkiyaning Bayraktar TB2 dronlarini sotib oldi

 

Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara xizmati Turkiyaning Bayraktar zarba beruvchi dronlarini qabul qilib oldi.

Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, uchuvchisiz boshqariluvchi mazkur qurilmalarni Sadir Japarov shaxsan o‘zi ko‘zdan kechirgan.

Ushbu qurilmalar respublika budjeti mablag‘lariga sotib olindi va ulardan mamlakat mudofaa xavfsizligini ta’minlashda foydalaniladi.

O‘tgan yili Ozarbayjon Bayraktar TB2 dronlarini sotib olgandi.

Sentyabrda esa Ashxobodda Turkmaniston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan paradda Bayraktar dronlari namoyish etilgan.


Tanlangan kalimalar: #Bayraktar TB-2 , #Turkiya , #Qirg'iziston

Aloqador xabarlar