Turkiy kengash TIV rahbarlari sammitga tayyorgarlikni muhokama qildi

Istanbul shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya kecha, 11-noyabr kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (TTDHK) Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi.

1732819

O‘zbekiston TIV maʼlumotiga ko‘ra, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, O‘zbekiston, Vengriya va Turkmaniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining bo‘lajak sammitiga tayyorgarlikning tashkiliy masalalari va tadbir kun tartibini muhokama qildi, Davlat rahbarlari kengashiga kiritilgan hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqdi va kelishib oldi.

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashini yana-da rivojlantirish, turkiy tilli davlatlarning savdo-iqtisodiy, turizm, madaniy-gumanitar, fan-taʼlim va boshqa sohalardagi ko‘p tomonlama hamkorligini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tanlangan kalimalar: #Istanbul , #O'zbekiston , #Turkiy Kengash

Aloqador xabarlar