O‘zbekiston turk madaniy markazi rahbariga "Yevroosiyo xizmat mukofoti" topshirildi

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida O‘zbekiston turk madaniy markazi rahbari Umar Salmonovga "Yevroosiyo xizmat mukofoti"ni  topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

1730388

Tadbirda qo‘mita raisi maslahatchisi Zafarbek Ahmedov O‘zbekiston dunyoning turli mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan siyosat olib borayotgani, bu jarayonda xalq diplomatiyasidan ham unumli foydalanilayotgani, mamlakatda barcha millat vakillari uchun o‘z madaniyati, urf-odatini asrab-avaylash, milliy qadriyatlarni rivojlantirish uchun yetarli sharoit yaratilganini ta’kidladi.  

"Eko Yevroosiyo" tashkiloti rahbari Hikmet Eren mukofotni topshirar ekan, O‘zbekiston turk milliy madaniy markazi faoliyatiga yuqori baho berib, ular olib borayotgan ishlar o'zbek va turk xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilayotganini bildirdi.  

Ma’lumot uchun, "Eko Yevroosiyo" Turkiyada faoliyat olib boradigan xalq diplomatiyasi sohasida ko‘plab muhim tadbirlarni amalga oshiruvchi nodavlat tashkilot sanaladi. Tashkilot tomonidan Turkiya va Yevroosiyo davlatlari o‘rtasidagi madaniy aloqalar va do‘stlikni rivojlantirishga hissa qo‘shgan shaxslar, muassasa va tashkilotlarga "Yevroosiyo xizmat mukofoti" topshiriladi.

Tanlangan kalimalar: #Eko Avrasya , #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar