Turkiy kengash tarkibida Prokurorlar kengashi tuzildi

Ozarbayjon poytaxti Bakuda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga (Turkiy kengash) aʼzo davlatlar bosh prokurorlarining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

1729456
Turkiy kengash tarkibida Prokurorlar kengashi tuzildi

 

Ozarbayjon poytaxti Bakuda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga (Turkiy kengash) aʼzo davlatlar bosh prokurorlarining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Ozarbayjon Bosh prokurori Kamran Aliyev mezbonlik qilgan yig‘ilishda Qirg‘iziston Bosh prokurori Qurmanqul Zulushev, O‘zbekiston Bosh prokurori Nigmatilla Yo‘ldoshev, Qozog‘iston Bosh prokurori o‘rinbosari Berik Asilov va Turkiy kengash Bosh kotibi o‘rinbosari Mirvohid Azimov ishtirok etdi. Uchrashuvda Turkiyadan Oliy Apellyatsiya sudi Bosh prokurori Bekir Shahin ishtirok etdi.

Yig'ilishda Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an tomonidan yuborilgan videomurojaat namoyish etildi, Ozarbayjon Bosh prokurori Prezident Ilhom Aliyevning maktubini o'qib berdi.

Yig‘ilishdan so‘ng Turkiy kengash doirasidagi Bosh prokurorlar kengashining ta’sis hujjati imzolandi. Hujjatni Turkiya nomidan Oliy Apellyatsiya sudi Bosh prokurori Shahin imzoladi.

Bosh prokuraturalarning sud tizimining muhim bir qismini tashkil etganini ifoda etgan Shahin, "Bu tuzilmani tashkil qilish bilan Turkiy Kengashning kuchayishiga yo'l ochdik. Bundan buyon Turkiy Kengash boshqa sohalarda ham hamkorlikni rivojlantirish orqali dunyodagi yetakchi institutlardan biriga aylanadi”,-dedi.

Qorabogʻ urushi paytida Armanistonning Ozarbayjon tinch aholi punktlariga uyushtirgan hujumlariga ham toʻxtalgan Shahin, "Ozarbayjon ham bu mavzuda Xalqaro sudga da'vo arizasi berdi. Ozarbayjonning gʻalaba qozonishiga ishonaman",-dedi. 


Tanlangan kalimalar: #Baku , #Turkiy Kengash

Aloqador xabarlar