Turkiy Kengash Istanbulda Afg'oniston inqirozini muhokama qiladi

Turkiy Kengashga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari joriy yilning 27-28 sentyabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida xavfsizlik masalalari hamda Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qiladi.

1710822
Turkiy Kengash Istanbulda Afg'oniston inqirozini muhokama qiladi

 

Turkiy Kengashga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari joriy yilning 27-28 sentyabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida xavfsizlik masalalari hamda Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qiladi.

Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilishicha, Afg’onistonga bag’ishlangan mazkur favqulodda anjuman Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’lining taklifiga binoan 27-28 sentyabr kuni Istanbul shahrida bo’lib o’tadi.

Anjumanda Turkiy kengashga a’zo davlatlar Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston va O’zbekiston hamda kuzatuvchi davlat Vengriya tashqi ishlar vazirlari ishtirok etadi.

Yig’ilishda Afg’onistondagi dolzarb o’zgarishlar muhokama qilinadi.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston va O’zbekiston hamda Vegriya tashqi ishlar vazirlari bilan o’zaro uchrashuv amalga oshirishi kutilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi tuzish to‘g‘risidagi bitim 2009 yil 3 oktyabrda imzolangan. Hozirgi vaqtda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Turkiya ushbu kengashning a’zolari hisoblanadi. Vengriya esa kengashda kuzatuvchi maqomiga ega. Tashkilotning bosh qarorgohi Istanbulda joylashgan.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 15 avgust kuni mamlakatda hokimiyatni egallagan toliblar, 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligini tuzdi.

Joriy yilning 6 sentyabr kuni “Tolibon”ga bo‘ysunmay turgan yagona viloyat –Panjsher qo’lga olingach, 7 sentyabr kuni harakat rahbarlari ishtirokida muvaqqat hukumat shakllantirildi.



Aloqador xabarlar