Turkiya Madaniyat vazirligi “O'zbekiston kelajagi buyuk davlat” nomli kitobni taqdim etdi

Turkiya Madaniyat vazirligi tomonidan tayyorlangan “O`zbekiston kelajagi buyuk davlat” nomli kitob O’zbekiston San`at va madaniyat institutiga taqdim etildi.

1705760
Turkiya Madaniyat vazirligi “O'zbekiston kelajagi buyuk davlat” nomli kitobni taqdim etdi

 

O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutiga Turkiyaning O`zbekistondagi elchixonasi matbuot bo`limi boshlig`i Hamdi Turshuju boshchiligidagi Turkiya delegasiyasi tashrif buyurdi.

O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yo`ldoshev mehmonlarga institutda amalga oshirilayotgan ishlar, o`quv jarayonlari, ilm-fan sohasidagi izlanishlar haqida so`zlab berdi.

Muloqot jarayonida o`zbek-turk so`zlarining ma`nosi, ular o`rtasidagi o`xshashliklar borasida fikr almashildi.

Hamdi Turshuju rasmli va yozuvli folklor turkcha-o`zbekcha izohli lug`at yaratish istagi borligini aytdi.

Ibrohim Yo`ldoshev ushbu g`oya har ikki davlat uchun ham nihoyatda foydali, tili bir-biriga yaqin bo`lgan xalqlar uchun muhim ekanligini e`tirof etdi.

Tashrif chog`ida delegasiya a`zolari tomonidan Turkiyadagi oliy o`quv yurtlarida o`zbek tilida, O`zbekistondagi oliy o`quv yurtlarida esa turk tilida darslarni joriy qilish bo`yicha fikrlar bildirildi.

Shuningdek, uchrashuvda Turkiya elchixonasi Madaniyat va turizm bo`limi boshlig`i Alp Arslan Akinji ham ishtirok etdi.

O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yo`ldoshevga Turkiya madaniyat vazirligi tomonidan tayyorlangan “O`zbekiston kelajagi buyuk davlat” nomli kitobni taqdim qilishdi.

Samimiy kechgan muloqotda o`zaro hamkorlikning yangi istiqbollari xususida fikr almashildi.

 


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar