Turk kompaniyasi bilan O‘zbekiston fuqarolarini mehnatga jalb etish bo‘yicha shartnoma imzolandi

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi  ko‘magida Turkiyadagi “Vatan Danışmanlık” konsalting kompaniyasi rahbariyatining O’zbekistonga amaliy safari tashkil etildi.

1676032

Ushbu safar davomida “Vatan Danışmanlık” konsalting kompaniyasi vakillari kecha O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qoshidagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida muzokaralar o‘tkazdi.

Unda agentlik boshlig‘i o‘rinbosari Xo‘jaakbar Fayzullaxo‘jayev va “Vatan Danışmanlık” konsalting kompaniyasi bosh direktori Alaattin Shaxin boshchiligidagi kompaniya vakillari ishtirok etdi.

Mazkur uchrashuvda Turkiyada ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan holda ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar natijasida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va “Vatan Danişmanlik” konsalting kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekiston fuqarolarini tashkiliy tanlov asosida Turkiyaga vaqtinchalik mehnat faoliyatiga jalb etish yuzasidan hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Aloqador xabarlar