BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi raisi Volkan Bozkir O'zbekistonga tashrif buyurdi

O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bugun, 6-iyul kuni rasmiy tashrif bilan O’zbekistonga kelgan BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi raisi Volkan Bozkir bilan uchrashdi.

1670662
BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi raisi Volkan Bozkir O'zbekistonga tashrif buyurdi

 

O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bugun, 6-iyul kuni rasmiy tashrif bilan O’zbekistonga kelgan BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi raisi Volkan Bozkir bilan uchrashdi.

O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha,  suhbat davomida O‘zbekiston bilan BMT va uning ixtisoslashgan tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati hamda istiqbollari, jumladan, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, gender tengligini taʼminlash, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, koronavirus pandemiyasi oqibatlariga qarshi kurashish va Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish masalalari to‘g‘risida fikr almashildi.

 BMT Bosh Assambleyasi raisi O‘zbekistonda davlat va jamiyat qurilishi, iqtisodiyotni liberallashtirish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholadi.

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan BMT doirasida ilgari surilgan tashabbuslar, shuningdek, O‘zbekistonning mintaqada tinchlik, barqarorlik va farovonlikni taʼminlashga qo‘shayotgan hissasi alohida taʼkidlandi.

Tomonlar Prezident Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan “Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilish to‘g‘risida”gi BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasini bir ovozdan qabul qilinganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Shu nuqtai nazardan, Orol dengizining qurishi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha birgalikdagi harakatlarni kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Yaqin kunlarda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzuidagi yuqori darajali xalqaro konferensiyasida BMT vakillarining ishtirokiga alohida eʼtibor qaratildi.

Bugun, 6 iyul kuni O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasi raisi Volkan Bozkirni qabul qiladi.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Volkan Bozkir

Aloqador xabarlar