Turkiya vitse-prezidenti Fuat O'ktay Buxoroga tashrif buyurdi

Mehmonlar Buxoroga tashrifini Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshlashdi. Taomilga binoan o‘tganlar ruhiga Qur’on tilovat qilindi. Mehmonlar majmuada olib borilgan bunyodkorlik ishlariga yuqori baho berishdi.

1668179
Turkiya vitse-prezidenti Fuat O'ktay Buxoroga tashrif buyurdi

 

Delegatsiyaga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari-investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov hamrohlik qildi.

Oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida viloyat hokimining o‘rinbosarlari Nozimjon Xolmurodov hamda Rizo Asadovlar kutib olishdi.

Mehmonlar Buxoroga tashrifini Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshlashdi. Taomilga binoan o‘tganlar ruhiga Qur’on tilovat qilindi. Mehmonlar majmuada olib borilgan bunyodkorlik ishlariga yuqori baho berishdi.

Delegatsiya a’zolari shuningdek, Labi Hovuz ansamblida bo‘lishdi. Labi hovuz ansamblidagi jarayonlar ham ularni befarq qoldirmadi. Bu yerda mehmonlar uchun “Buxorcha” va mavrigi qo‘shiqlaridan kompozitsiyalar va raqslar ijro etildi. Jarayonlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Delegatsiyaning sayohati Buxoroning qadimiy toqlari bo‘ylab davom etdi. Mehmonlar ushbu tarixiy manzillardagi har bir manzarani hayrat va havas bilan tomosha qilishdi.

Mehmonlar buxorolik mashhur temirchi usta Shokir Kamolov ustaxonasida bo‘lishdi. Usta Shokir Kamolov tomonidan mehmonlar uchun mahorat darslari o‘tkazildi.

Delegatsiya a’zolari Buxoroning tarixiy qismida joylashgan qadimiy hunarmandchilik ustaxonalari hamda gilamchilik markazida bo‘lishdi.

Mehmonlarning shahar bo‘ylab sayohati Poyi Kalon majmuasi tarkibiga kiruvchi Minorai Kalon, Masjidi Kalon va Mir Arab madrasasi bo‘ylab davom etdi. 10 ming kishiga mo‘ljallangan Masjidi Kalon tarixi, binoning me’moriy ulug‘vorligi, ibodatchilar uchun yaratilgan qulayliklar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Delegatsiya a’zolari O‘rta Osiyo ko‘hna shaharlaridagi hukmdorlar qarorgohi joylashgan Ark qo‘rg‘onida bo‘lishdi. Qurg‘onda joylashgan podshoh va amirlarning, amaldor va lashkarboshilarning uy-joylari, davlat devonlari, zarbxona, masjid, sardoba va binolar bilan tanishishdi.

Mehmonlar shu kuni Buxoro xalqaro aeroportidan jo‘nab ketishdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Buxoro , #O'zbekiston , #Fuat O'ktay

Aloqador xabarlar