Turkiya Iqtisodiyot va Texnologiya Universitetining Toshkentdagi filialida davra suhbati o‘tkazildi

Tadbirda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi, Toshkent shahrida Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti filiali rektori A.Ikramov, O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazir o‘rinbosari S.Buzrukxonov hamda talabalar ishtirok etdi.

1659818
Turkiya Iqtisodiyot va Texnologiya Universitetining Toshkentdagi filialida davra suhbati o‘tkazildi

 

Toshkentdagi Yoshlar ijod saroyida Turkiya Iqtisodiyot va Texnologiya Universitetining (TOBB ETÜ) Toshkentdagi filiali tomonidan fan, ta’lim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Unda iqtisodiyotda elektron tijorat, qolaversa, bugun sohada xorijiy til va matematikani birgalikda puxta o‘rgangan mutaxassislarni yetishtirishning muhim ahamityati to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi, Toshkent shahrida Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti filiali rektori A.Ikramov, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazir o‘rinbosari S.Buzrukxonov, Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari F.Omonov hamda talabalar va abituriyentlar ishtirok etdi.

Davra suhbat avvalida O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi, Toshkent shahrida Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti filiali rektori A.Ikramov O‘zbekiston yoshlariga ilg‘or ta’lim texnologiyalari asosida xalqaro mehnat bozori talablariga javob beradigan, zamonaviy bilimlarga ega yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishish imkoni yaratilayotgani haqida ta’kidladi.

Uchrashuv jarayonida Turkiyaning Iqtisodiyot va Texnologiyalar Universiteti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida kadrlarni tayyorlash, oliy ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish hamda Toshkent shahrida Turkiya Iqtisodiyot va Texnologiya Universiteti filialida dual ta’lim, elektron va masofaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llagan holda ingliz tilida amalga oshirilishi bo‘yicha davra suhbati olib borildi. Yoshlar bilan uchrashuvda abituriyent va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutasaddi rahbarlar tomonidan javoblar oldi.

Ma’lumot uchun Turkiya Iqtisodiyot va Texnologiya Universiteti 2002 yilda Turkiya savdo palatalari va birjalari uyushmasi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, “Yosh universitetlar: ming yillik universitetlari” reytingida universitet 32 o‘rinni egallagan. Universitet faoliyatining o‘ziga xosligi o‘quv rejalarining DUAL ta’limga asoslangan uch simesrtlik o‘quv jarayoni hisoblanib, ta’lim oluvchilarga nazariy bilimlar bilan bir qatorda, amaliy ko‘nikmalar shakllanishi muvozanatlashtirilgan. Universitetning ushbu xususiyati uning Turkiya ta’lim tizimida alohida o‘rin tutishini ta’minlagan.



Aloqador xabarlar