Saparbekuli: “Turkiya Qozog‘istonga eng ko‘p sarmoya kiritgan 10 davlatdan biridir”.

Qozog‘istonning Anqaradagi elchisi Abzal Saparbekuli elchixonada jurnalistlar savoliga javob berdi.

1656096
Saparbekuli: “Turkiya Qozog‘istonga eng ko‘p sarmoya kiritgan 10 davlatdan biridir”.

Qozog‘istonning Anqaradagi elchisi Abzal Saparbekuli Turkiyaning Qozog‘istonga eng ko‘p sarmoya kiritgan 10 ta davlat qatoriga kirganini ta’kidlagan holda:

“Turkiya Qozog‘istonni sharq tomon ochilgan darvoza, Qozog‘istonni esa g‘arbga, Yaqin Sharq va Afrikaga ochilgan darvoza deb biladi”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Saparbekuli elchixonada jurnalistlar savoliga javob berar ekan unda:

“Qozog‘iston, Turkiya ham alohida e’tibor bergan o‘rta yo‘lakni yana - da rivojlantirishni istaydi.” - dedi.

Bu borada Turkiya, Qozog‘iston va Ozarbayjon kabi davlatlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilishini ifoda etgan Saparbekuli,

“Maqsadimiz Qozog‘iston - Turkiya munosabatlarini har sohada yaxshilashdir. O‘tgan yil Qozog‘istondagi Turk sarmoyalari uchun muhim yil bo‘ldi. 2019 - yili mustaqillik tarixining eng yirik Turk sarmoyasini o‘ziga jalb etgan Qozog‘iston bu rekordni, o‘tgan yili yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasiga qaramay takror o‘rnatdi.” - deya gapirdi.

Turkiyaning Qozog‘istonga eng ko‘p sarmoya kiritgan 10 davlat qatoriga kirganini qayd etgan Saparbekuli, “Turkiya Qozog‘istonni sharq tomon ochilgan darvoza, Qozog‘istonni esa g‘arbga, Yaqin Sharq va Afrikaga ochilgan darvoza deb biladi”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Saparbekuli Malatiya, Kayseri, Qoniya va Mersin kabi shaharlarda joylashgan ba’zi firmalarning Qozog‘istonda bu yil 10 ta fabrika ochishini kutayotganlarini qayd etdi.

 



Aloqador xabarlar