O‘zbekiston-Tojikiston davlat chegarasi bo‘yicha demarkatsiya ishlari muhokama qilindi

Kecha, 22 may kuni Tojikistonning Xo‘jand shahrida O‘zbekiston-Tojikiston demarkatsiya qo‘shma komissiyasi tarkibidagi ikki mamlakat hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi yakunlandi.

1643991

17-22-may kunlari tomonlar O‘zbekiston-Tojikiston davlat chegarasi bo‘yicha demarkatsiya ishlarini muhokama qildi, demarkatsiya chizig‘i loyihasi va O‘zbekiston-Tojikiston davlat chegarasi bo‘ylab chegara belgilarini o‘rnatish yuzasidan fikr almashdi.
Tomonlar O‘zbekiston-Tojikiston davlat chegarasida dala demarkatsiya ishlarini davom ettirishga kelishib oldi.
Uchrashuv do‘stlik va o‘zaro anglashuv muhitida o‘tdi. Tadbir yakunida Protokol imzolandi.

Tanlangan kalimalar: #Tojikiston , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar