Ozarbayjon Qurolli kuchlari harbiy o‘quv mashqida “Bayraktar”dan ham foydalandi

Ozarbayjon Qurolli kuchlari harbiy o‘quv mashqida “Bayraktar” Qurolli Uchuvchisiz havo vositalaridan ham foydalandi.

1641486
Ozarbayjon Qurolli kuchlari harbiy o‘quv mashqida “Bayraktar”dan ham foydalandi

Ozarbayjon Qurolli kuchlarining harbiy o‘quv mashqida Turkiyada ishlab chiqarilgan “Bayraktar” Qurolli Uchuvchisiz havo vositalari ham qo‘llanildi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi bo‘lishgan tasvirlarda “Bayraktar” Qurolli Uchuvchisiz havo vositalarining angardan chiqarilishi va ko‘tarilishi ham o‘rin oldi.

Qurolli Uchuvchisiz havo vositalari simulyatsiya qilingan obyektlarni aniqlash va u haqida nazorat nuqtalariga xabar yetkazilishi ishlarini ijro etdi.  

Ozarbayjon Qurolli kuchlarining 15 ming askar ishtirokida kecha boshlagan harbiy o‘quv mashqi, 20 - maygacha davom etadi.



Aloqador xabarlar