Qirg‘izistonda yangi hukumat tuzildi

Qirg‘iz Respublikasining Prezidenti Sadir Japarov yangi hukumatni tuzdi.

1634927
Qirg‘izistonda yangi hukumat tuzildi

Qirg‘iz Respublikasining Prezidenti Sadir Japarov kecha 5 - may kuni 2021 - yilning 11 - aprelida referendum orqali qabul qilingan “Qirg‘iz Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida” Qirg‘iz Respublikasi qonunining 4 - moddasiga muvofiq, “Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tayinlash to‘g‘risida” farmonga qo‘l qo‘ydi. Bu haqda Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.

  Ushbu farmonga ko‘ra:

  1. Maripov Ulug‘bek Asamidinovich Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining raisi etib tayinlandi va u avvalgi lavozimidan ozod etildi;
  2. Novikov Artem Eduardovich Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi va u avvalgi lavozimidan ozod etildi;
  3. Bakashova Yulduz Kemelovna Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi;
  4. Karmishakov Ulug‘bek Toychuyevich Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri etib tayinlandi hamda u avvalgi lavozimidan ozod etildi;
  5. Diykanbayev Azamat Abdilmalikovich Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari – Raqamli rivojlanish vaziri etib tayinlandi;
  6. Omuraliyev Taalaybek Bariktabasovich Qirg‘iziston Respublikasi Mudofaa vaziri etib tayinlandi va ilgari ishlagan lavozimidan ozod etildi;
  7. Qozoqbayev Ruslan Aitbayevich Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi va ilgari ishlagan lavozimidan ozod etildi;
  8. Chinbayeva Asel Rispekovna Qirg‘iziston Respublikasi Adliya vaziri etib tayinlandi va avvalgi lavozimidan ozod etildi;
  9. Beyshenaliyev Alimqadir Savirdinovich Qirg‘iziston Respublikasi Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy taraqqiyot vaziri etib tayinlandi va avvalgi lavozimidan ozod etildi;
  10. Kupeshev Bolotbek Dushekovich Qirg‘iziston Respublikasi Ta’lim va fan vaziri etib tayinlandi;
  11. Imanaliyev Qayrat Oljobayevich Qirg‘iziston Respublikasi Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vaziri etib tayinlandi va avvalgi lavozimidan ozod etildi;
  12. Ajikeyev  Boobek Ergeshevich Qirg‘iziston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlandi va ilgari ishlagan lavozimidan ozod etildi;
  13. Niyozbekov Ulan Omokanovich Qirg‘iziston Respublikasi Ichki ishlar vaziri etib tayinlandi va avvalgi lavozimidan ozod etildi;
  14. Abdraliyeva Gulmira Kurmanbekovna Qirg‘iziston Respublikasi Transport va kommunikatsiyalar vaziri lavozimiga tayinlandi va avvalgi lavozimidan ozod etildi;
  15. Turdubayev Kubanichbek Apishevich Qirg‘iziston Respublikasi Energetika va sanoat vaziri etib tayinlandi va avvalgi lavozimidan ozod etildi;
  16. Janibekov Askarbek Saparbekovich Qirg‘iziston Respublikasi Qishloq, o‘rmon va suv xo‘jaligi vaziri etib tayinlandi va avvalgi lavozimidan ozod etildi;
  17. Shikmamatov Almambet Nasirkanovich Qirg‘iziston Respublikasi Investitsiyalarini targ‘ib qilish va himoya qilish vaziri etib tayinlandi;
  18. Qutmanova Dinara Asiyevna Qirg‘iziston Respublikasi Ekologiya va iqlim bo‘yicha davlat qo‘mitasining raisi etib tayinlandi;
  19. Tashiyev Qamchibek Kidirshayevich Qirg‘iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining raisi etib tayinlandi va avvalgi lavozimidan ozod etildi.

 



Aloqador xabarlar