Anqarada O‘zbekistonning iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati mavzusida taqdimot o‘tkazildi

“Yangi O‘zbekistonning iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati” mavzusida o‘tkazilgan tadbirda Anqaradagi Yevroosiyo iqtisodiy hamkorlik uyushmasi, nufuzli turk ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi.

1621873
Anqarada O‘zbekistonning iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati mavzusida taqdimot o‘tkazildi

 

O‘zbekiston davlat mustaqilligining o‘ttiz yilligi hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning ijobiy natijalarini Turkiya ishbilarmon hamda tahliliy-ekspert doiralariga yetkazish maqsadida O’zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi tomonidan taqdimot o‘tkazildi.

“Yangi O‘zbekistonning iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati” mavzusida o‘tkazilgan tadbirda Anqaradagi Yevroosiyo iqtisodiy hamkorlik uyushmasi, nufuzli turk ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi.

Anjumanda Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ishbilarmon va sarmoyadorlarga yaratilayotgan qulayliklar, shuningdek, O’zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi, turistik salohiyati va investitsiyaviy imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berildi.

Turk ishbilarmon doiralari vakillariga O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy sohadagi imkoniyatlari, jozibador sarmoyaviy iqlimi, eksport yo‘nalishidagi ustuvor jihatlari tanishtirildi. Shuningdek, “G2V” formatida muzokaralar o‘tkazildi.

Anjuman yakunida O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi va Yevrosiyo iqtisodiy aloqalar assotsiatsiyasi (EkoAvrasya) o‘rtasida hamkorlik bayonnomasi imzolandi. Hujjatga binoan, O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi mavjud munosabatlarga munosib hissa qo‘shish maqsadida ikki muassasa tomonidan qo‘shimcha doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi platforma tashkil etildi. Mazkur platforma asosida EkoAvrasya tadbirkorlar uyushmasi hamda elchixona tomondan “iqtisodiy diplomatiya” doirasida tizimli ravishda tegishli tadbirlar tashkil etadi.

Ishtirokchilar O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlari va xorijlik sarmoyadorlar uchun yaratilgan qulaylik va imtiyozlar, investorlarni qo‘llab-quvvatlashdagi saʼy-harakatlarlarni yuqori baholadi.

Yevrosiyo iqtisodiy aloqalar assotsiatsiyasi boshqaruv kengashi raisi Hikmet Eren O‘zbekiston elchixonasi va EkoAvrasya o‘rtasida imzolangan hamkorlik bayonnomasi ikki tomonlama munosabatlarning rivojiga munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi. O‘zbekiston va Turkiya mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, savdo-sanoat palatalari hamda oliy taʼlim maskanlari o‘rtasida aloqalar o‘rnatish va hamkorlik loyihalarini amalga oshirishda Assotsiatsiya bor salohiyatini to‘la ishga solishini taʼkidladi. U O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlar nafaqat o‘zbek xalqi, balki butun turkiy dunyo xalqlari manfaatlariga xizmat qilishini alohida qayd etdi.

“SUN Grup A.Ş.” boshqaruv kengashi raisi Fotih Gyultekinning taʼkidlashicha, so‘ngi yillarda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlaring ijobiy tomonga o‘zgarishi, ishbilarmon doiralar vakilariga katta imkoniyatlar yaratmoqda. Ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni rovojlantirishda normativ-huquqiy bazaning mustahkamlanishi tadbirkorlik subyektlari va xorijiy investitsiyalarning  kafolatlarini taʼminlashdagi eng jiddiy qadamdir. O‘zbekistonda tadbirkorlikni amalga oshirish va iqtisodiy jarayonlar boshqaruviga va ishlab chiqarishga xalqaro standartlarning tadbiq qilinishi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning dunyo bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishi shubhasizdir.



Aloqador xabarlar