Amreyev: “Turk Dunyosi birlashgan davlatlarini tashkil etmoqchimiz”.

Amereyev bugun 31 - mart kuni online tarzda bo‘lib o’tadigan Turk kengashi norasmiy sammiti oldidan bayonot berdi.

1611847
Amreyev: “Turk Dunyosi birlashgan davlatlarini tashkil etmoqchimiz”.

Turk tilida so‘zlashuvchi mamlakatlar hamkorlik kengashi (Turk kengashi) Bosh kotibi Bag‘dad Amreyev, “Turk dunyosi birlashgan davlatlari” tashkil etish niyatida ekanliklarini qayd etdi.

Amreyev bugun 31 - mart kuni online tarzda bo‘lib o’tadigan Turk kengashi norasmiy sammiti oldidan bayonot berdi.

Amreyev unda, kuz mavsumida Istanbulda uyushtirilishi rejalashtirilgan sammit tayyorgarliklari ko‘riladigan online sammitda Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston liderlaridan tashqari kuzatuvchi davlat maqomidagi Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan turkmanistonlik rasmiylarning ishtirok etishini ma’lum qildi.

Kengashning Turk Dunyosi birlashgan davlatlari tashkil etish niyatida ekanligini ifoda etgan Amreyev,

“(Ozarbayjonning) Qorabog‘ g‘alabasidan keyin liderlar birinchi marotaba shu sammitda uchrashadi. Shunday ekan xalq ko‘z ongida buning ahamiyati ortmoqda”. - dedi.

Amreyev, Qozog‘istonning Turkiston shahrining Turk Dunyosining manaviy markazi deb e’lon qilinishining sammit kun tartibida ekanini qayd etdi.

Amreyev Turk dunyosi geografiyasida o‘rin olgan Istanbul, Samarqand, Buxoro, Shusha, Boku, Olmota kabi boshqa shaharlarning ham kelajakda alohida maqom olishi mumkinligiga e’tibor qaratdi.

Norasmiy sammitda, “Turk kengashi strategiyasi 2020 - 2025 va Turk Dunyosi ko‘z qarashi 2040” muhokama qilinadi.



Aloqador xabarlar