Turkiston, Turk dunyosining manaviy va madaniy markazi sifatida takror qad rostlamoqda

Turk kengashi tarkibidagi davlatlarning prezidentlari ishtirokidagi norasmiy sammitda, Turkistonga, “Turk dunyosining manaviy poytaxti” degan nom berilishi rejalashtirilmoqda.

1609195
Turkiston, Turk dunyosining manaviy va madaniy markazi sifatida takror qad rostlamoqda

Qozog‘istonda 3 yil muqaddam Turkiston viloyatining markazi deb e’lon qilingan qadimiy shahar Turkiston, Turk dunyosining manaviy va madaniy markazi sifatida takror qad rostlamoqda.

Qariyb 2 ming yillik tarixga ega Turkiston viloyati, qozoq honligiga poytaxtlik qildi.

Turk dunyosining ulug‘ mutaffakkiri Xoja Ahmad Yassaviy ham yashagan Turkiston, ayni vaqtda Markaziy Osiyo aholisining islom dinini qabul qilishiga ham katta hissa qo‘shdi.

Turkiston viloyati, 2 milliondan ortiq aholi soni bilan Yevropa bilan Osiyoni bir - biriga bog‘lagan Buyuk Ipak yo‘li bo‘yida joylashgan.

Asrlardan beri tarixiy, qadimiy Buyuk Ipak yo‘lining manaviy, siyosiy va tijoriy hayotini o‘z ichida mujassam etgan Turkiston, 1991 - yili Qozog‘istonning mustaqilligini e’lon qilishi bilan qayta jonlana boshladi.

Turkiston viloyati, 2018 - yilning 19 - iyuni kuni Prezident Nursulton Nazarboyevning farmoniga binoan, markaz maqomiga ega bo‘ldi.

2021 - yilning 31 - marti kuni bo‘lib o‘tadigan Turk kengashi tarkibidagi davlatlarning prezidentlari ishtirokidagi norasmiy sammitda, Turkistonga, “Turk dunyosining manaviy poytaxti” degan nom berilishi rejalashtirilmoqda.

 



Aloqador xabarlar