TBMM Raisi Shentop Turk dunyosini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi

Mustafa Shentop Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti TÜRKSOY Bosh kotibi Dusen Qaseinov va hamrohligidagi hay’atni qabul qildi.

1606186
TBMM Raisi Shentop Turk dunyosini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) raisi Mustafa Shentop Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti TÜRKSOY Bosh kotibi Dusen Qaseinov va hamrohligidagi hay’atni qabul qildi.

Ushbu qabulda TÜRKSOY Bosh kotibi Qaseinov, Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan ichida tuxum, bug‘doy, pista - mayizlar o‘rin olgan “Navro‘z patnisi” va an’anaviy qozoq choponi tuhfa qildi.

Shentop va Qaseinov, tuxum chaqishtirib ramziy ma’noda Navro‘z bayramini qutladi.

TBMM Raisi Shentop qabulda, Turk dunyosini Navro‘z umumxalq bayrami bilan tabrikladi.

TÜRKSOY hay’ati bilan Navro‘z munosabati bilan uchrashib turganidan xursand bo‘lganini yetkazgan Shentop,

“Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi Navro‘z, xalqlarimizni bir - biriga bog‘lagan, ota - bobolarimizdan bizga meros qolgan mushtarak qadriyatlarimizni kelajak avlodga yetkazib bergan mo‘llik va fayz - barakaning bayramidir”. - dedi.


Tanlangan kalimalar: #TBMM , #TÜRKSOY , #Navro‘z

Aloqador xabarlar