Turk investori O'zbekistonda diagnostika markazlari ochadi

Turkiyaning KANI MED kompaniyasi rahbari Feliz Erdo‘g‘an Toshkent shahrida 5ta diagnostika markazi qurish uchun 10 million dollar investitsiya kiritishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi.

1604467
Turk investori O'zbekistonda diagnostika markazlari ochadi

 

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Turkiyaning KANI MED kompaniyasi rahbari Feliz Erdo‘g‘an bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ma’lumotga ko’ra, uchrashuvda Feliz Erdo‘g‘an Toshkentda 5ta diagnostika markazlari qurib, ishga tushirish taklifini bildirgan. Buning uchun KANI MED kompaniyasi 10 million dollar miqdorida investitsiya kiritadi.

Poytaxt Toshkentda bunday markazlarni tumanlararo tashkil etish hamda ularda aholini yilda bir marotaba bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish muhimligi qayd etilgan.

Shuningdek, KANI MED rahbari diagnostika markazlari tashkil etish jarayonida mahalliy mutaxassislar uchun o‘quv seminarlari o‘tkazilishini qo‘shimcha qilgan.

Ma'lumot uchun, KANI MED kompaniyasi diagnostika sohasida faoliyat olib borib, dunyoning turli davlatlarida uning 24ta laboratoriyalari mavjud. Shuningdek, kompaniya 83ta mamlakatga laboratoriya ishi uchun zarur jihoz va reaktivlarni yetkazib beradi.



Aloqador xabarlar