O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasi 2,1 mlrd dollarni tashkil qildi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida 2020 yildagi savdo aylanmasi ko‘rsatkichlari haqida maʼlum qildi.

1579298
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasi 2,1 mlrd dollarni tashkil qildi

 

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida 2020 yildagi savdo aylanmasi ko‘rsatkichlari haqida maʼlum qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, 2020 yilda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasi 2,1 millard dollarni tashkil qildi.

O‘zbekiston Turkiyaga milliard dollar hajmda mahsulotlar va xizmat turlari eksport qilgan. Qardosh mamlakat Turkiyaga rangli metallar (591,2 mln. dollar), to‘qimachilik mahsulotlari (206,1 mln. dollar) va kimyoviy tovarlar (78,3 mln. dollar) eng ko‘p sotilgan.

Import tarkibining asosiy qismini mashina va asbob-uskunalar (506,9 mln. dollar), kimyoviy mahsulotlar (291,5 mln. dollar) hamda qora metallar (45,0 mln. dollar) tashkil qilgan.


Tanlangan kalimalar: #savdo aylanmasi , #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar