Qirg’iziston prezidenti Sadir Japarov bosh vazir Ulug’bek Maripovni qabul qildi

Qirg’iziston prezidenti Sadir Japarov hukumatga tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash va mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash maqsadida tezkor qaror qabul qilish to’g’risida ko’rsatma berdi.

1579492

Prezident matbuot xizmati xabar berishicha, Sadir Japarov bir hafta avval bosh vazirlik lavozimiga tayinlangan Ulug’bek Maripovni qabul qildi.

Qabul chog’ida mamlakat iqtisodiyotidagi pasayishga qarshi shoshilinch chora-tadbirlar, global xatar – koronavirusga qarshi kurashning bugungi holati, mamlakat taraqqiyotining asosiy sohalaridan biri iqtisodiyotdagi strukturaviy islohotlar muhokama qilindi.

Bugungi kunda davlat iqtisodiyoti o’ta murakkab ahvolda ekanligini tilga olgan Japarov, xususiy tadbirkorlarni rag’batlantirish, investitsiyaviy islohotlarni qo’llab-quvvatlash, shuningdek investitsiya sharoitini yaxshilash uchun tezkor qaror olish to’g’risida hukumatga vazifa topshirdi. Shu bilan birga, keng ko’lamli islohotlarni amalga oshirish yo’lida dastur rejasini ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi.

Tanlangan kalimalar: #Qirg'iziston , #Sadir Japarov

Aloqador xabarlar