Mustafa Shentop, “Abay Qunanbay” medali bilan taqdirlandi

TÜRKSOY Bosh kotibi Dusen Qaseinovni qabul qilgan Mustafa Shentopga, “Abay Qunanbay” medali taqdim etildi.

1570868
Mustafa Shentop, “Abay Qunanbay” medali bilan taqdirlandi

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) raisi Mustafa Shentop, Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti (TÜRKSOY) ning “Abay Qunanbay” medali bilan taqdirlandi.   

Majlisdagi maqomida TÜRKSOY Bosh kotibi Dusen Qaseinovni qabul qilgan Mustafa Shentopga, “Abay Qunanbay” medali taqdim etildi.

Majlis raisi Shentop TÜRKSOYning madaniy birlik va butunlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaganini qayd etdi.  

TÜRKSOY tashkil topgan 1993 - yildan beri turk madaniyatiga xizmat qilish bosh bo‘lish bilan birga Turk dunyosidagi turli mamlakatlarda yashagan va tubi, madaniyati, tili bir isnonlarni bir - biri bilan uchrashtirish uchun olib borgan faoliyatlarining ahamiyatiga e’tibor qaratgan Shentop, bu faoliyatlarning kelajakda ham muvaffaqiyatli ravishda davom etishini tiladi.

2020 - yilning taniqli qozoq olimi, buyuk shoiri, asl so‘z chevari Abay Qunanbayning tavalludining 175 - yilligi munosabati bilan “Abay Qunanbay yili” deb e’lon qilinganini yodga solgan Shentop, Qunanbayning qozoq madaniyati jihatidan muhim shaxs ekanini ifoda etdi.

Shentop,

“Hurmatli Nazarbayevning ifodasi bilan aytganda Abay Qunanbayni anglash, qozoq xalqi va madaniyatini tushinib yetishdir. Asarlari orqali shunga elchilik qiladi insholloh. Turk dunyosida uni tanish uchun keng ko‘lamli faoliyatlar uyushtiriladi. Shu bois sizni bu qaroringiz bilan tabriklayman”. - deya gapirdi.

TÜRKSOY Bosh kotibi Dusen Qaseinov esa turk rasmiylarining TÜRKSOYni qo‘llab - quvvatlaganini ta’kidlagan holda Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an bosh bo‘lish bilan birga Madaniyat va turizm vazirligi, TBMM, deputatlar va parlamentlararo do‘stlik guruhlarining dasturlariga yaxshi niyatda ishtirok etganliklarini qayd etdi.  

Qaseinov Shentopga,

“TÜRKSOY haqida sizga yana - da ko‘proq ma’lumot berishni xohlaymiz. TÜRKSOYga sizni taklif qilishdan faxrlanamiz”. - dedi.

 



Aloqador xabarlar