O’zbekistonda Turkiya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko’paymoqda

O’zbekiston Davlat statistika qo’mitasi ma’lum qilishicha, 2020 yili O’zbekistonda tashkil etilgan Turkiya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 305 nafarni tashkil qildi.

1562884
O’zbekistonda Turkiya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko’paymoqda

 

O’zbekistonda Turkiya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko’paymoqda

Turkiya 2020 yilda O’zbekistonda eng ko’p korxonaga ega bo’lgan davlat bo’ldi.

Bu haqda O’zbekiston Davlat statistika qo’mitasi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, 2020 yili O’zbekistonda tashkil etilgan Turkiya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 305 nafarni tashkil qildi. Shu bilan Turkiya xorijiy kapital ishtirokidagi korxona tashkil etgan davlatlar ro’yxatida birinchi o’rinni egalladi.

O’zbekiston Davlat statistika qo’mitasisi ma’lumotiga ko’ra, o’tgan yili O’zbekistonda ro’yxatdan o’tgan 1 715 nafar xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar o’z faoliyatini boshladi.

2020 yilda O’zbekistonda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko’rsatgan korxonalar soni quyidagicha;

Rossiya – 265ta

Xitoy – 147ta

Qozog’iston – 110ta

Janubiy koreya – 77ta

Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko’rsatgan korxonalar asosan Toshkent, Samarqand va Surxandaryo viloyatlarida joylashgan. Xorijlik investorlar asosan sanoat, savdo, qurilish va qishloq-xo’jalik sohalari bo’yicha sarmoya kiritdilar.

2021 yil 1 yanvar holatiga ko’ra, O’zbekistonda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar soni 11 781 nafarni tashkil etmoqda. Bu o’tgan yilning shu davriga nisbatan 1399taga ko’p. 2019 yili mamlakatda xorijiy kapital ishtirokida 3330 nafar korxona tashkil etilgandi.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar