Tog‘li Qorabog‘ urushida ozarbayjonlik 2841ta harbiy halok bo'ldi

Ozarbayjon Qurolli kuchlari Tog‘li Qorabog‘ amaliyotida 2 ming 841 shahid berdi.

1562278
Tog‘li Qorabog‘ urushida ozarbayjonlik 2841ta harbiy halok bo'ldi

Ozarbayjon Qurolli kuchlari Tog‘li Qorabog‘da tuproqlarini ishg‘oldan qutqarish uchun olib borgan amaliyotda 2 ming 841 shahid berdi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi 27 - sentabrda boshlagan va 10 - noyabr kuni Armanistonning mag‘lubiyatni tan olgan shartnomaga qo‘l qo‘yishi bilan yakun topgan urushdagi qurbonlar sonini yangiladi.

Avval 2 ming 823 nafar deb ma’lum qilingan shahidlar sonining ba’zi janozalarning topilishi va ularning kim ekanligining aniqlanishi bilan 2 ming 841 nafarga chiqqani qayd etildi.

Roppa - rosa 64 askarning bedarak ekanini ma’lum qilgan vazirlik, tuproqqa berilgan shahid askarlar ro‘yhatini ham xalq bilan bo‘lishdi.

Ozarbayjon Qurolli kuchlari 2020 - yilning 27 - sentabri kuni boshlatgan amaliyot orqali 5 ta shahar markazi, 4 ta shaharcha va 286 ta qishloqni qutqarar ekan Armaniston mag‘lubiyatni tan oldi va ishg‘ol ostidagi Ag‘dam, Lochin va Kalbajar viloyatlarini ham boshatilishini qabul qilgan shartnomaga qo‘l qo‘ydi.

Armaniston qo‘shini shu asosda 20 - noyabrda Ag‘damdan, 25 - noyarb kuni Kalbajar va 1 - dekabr kuni Lochindan chiqib ketdi.



Aloqador xabarlar