Aliyev Armaniston TIV rahbarining Tog’li Qorabog’ga tashrifiga munosabat bildirdi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning ta’kidlashicha, Tog’li Qorabog’ga Ozarbayjonning ruxsatisiz hech qanday xorij fuqarosi kira olmaydi.

1559309
Aliyev Armaniston TIV rahbarining Tog’li Qorabog’ga tashrifiga munosabat bildirdi

 

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Armaniston tashqi ishlar vaziri Ara Ayvazyanning Tog’li Qorabog’ga tashrifiga munosabat bildirdi.

Aliyevning ta’kidlashicha, Tog’li Qorabog’ga Ozarbayjonning ruxsatisiz hech qanday xorij fuqarosi kira olmaydi. Bu mavzuda Rossiya tinchlik kuchlariga qat’iy talab bildirilgan.

“Afsuski, Rossiya kuchlarining ruxsati bilan u yerga Fransiya parlamenti a’zolari keldi. Buning oqibatida, Fransiyaning Ozarbayjondagi elchisi tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi va nota berildi. Biz bunga ko’z yummaymiz!”,-deb aytgan Ilhom Aliyev.

Armaniston tashqi ishlar vaziri Ara Ayvazyanning hech qanday ruxsatsiz Tog’li Qorabog’ga kelganiga e’tibor qaratgan Aliyev: “U yerda nima ishing bor!? Urushni esidan chiqarmasinlar. Temir musht tayyorligini unutmasinlar. Bu keldi-kettilar to’xtatilsin! Agar bunday provokatsiyalar davom etadigan bo’lsa, Armaniston yana ham qattiqroq pushaymon bo’ladi. Bu haqda qat’iy ogohlantiramiz”,-dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #Armaniston , #Ilhom Aliyev , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar