Shusha shahri Ozarbayjonning madaniy poytaxti deb e'lon qilindi

“Men Shusha shahrini Ozarbayjonning madaniy poytaxti deb e'lon qilaman. Shusha bunga munosib. Menimcha, u nafaqat Ozarbayjonning, balki mintaqaning madaniy poytaxti deb atalishi mumkin”,-deb aytgan Ilhom Aliyev.

1558010
Shusha shahri Ozarbayjonning madaniy poytaxti deb e'lon qilindi

 

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Tog‘li Qorabog‘da joylashgan Shusha shahrini Ozarbayjonning madaniy poytaxti deb e'lon qildi. 

Ilhom Aliyev Ozarbayjonning yangi madaniyat vaziri Anar Kerimov bilan videokonferensiya shaklida o’tkazilgan yig’ilishda bu haqda ma’lum qilgan.

“Men Shusha shahrini Ozarbayjonning madaniy poytaxti deb e'lon qilaman. Shusha bunga munosib. Menimcha, u nafaqat Ozarbayjonning, balki mintaqaning madaniy poytaxti deb atalishi mumkin”,-deb aytgan Ilhom Aliyev  Anar Kerimov bilan bo’lgan uchrashuv chog’ida.

Prezident Aliyev madaniy qadriyatlarga boy Shushada tarixiy va diniy yodgorliklarni qayta tiklash bo’yicha bir qator topshiriqlar berdi.

“U yerga bir guruh mutahassislar jo‘natildi. Tarixiy yodgorliklarga yetkazilgan zarar o‘rganib chiqiladi va biz Shushani qayta tiklashni boshlaymiz”, -deb qo‘shimcha qilgan Aliyev.

Bir paytlar Armaniston ishg’oli ostida bo’lgan hududlarda 60dan ortiq masjid vayron qilinganligiga e’tibor qaratgan Aliyev: “Biron xalqaro tashkilot bu mavzuda Armanistonni tanqid qilmayotir. Biz esa, arman cherkovlarini asrab kelyabmiz. Biz arman xalqiga dushman emasmiz va Ozarbayjonda yashayotgan armanlar bizning fuqarolarimizdir”,-dedi.

Shuningdek, Ozarbayjon prezidenti ishg’oldan ozod qilingan Fizuli shahrida xalqaro aeroport qurish bo’yicha vazifa topshirdi.

“Topshiriq berildi, aeroport uchun joy tanlanmoqda. Joriy yilda kamida uchish-qo‘nish yo‘lakchasi tayyor bo‘lishi kerak. Fizulida aeroport qurilishi Shushaga xorijiy sayyohlarni jalb qilish imkonini beradi”, -deb aytgan Ilhom Aliyev.

Ozarbayjonning tarixiy va madaniy timsoli bo’lib hisoblangan va ayni vaqtda eng strategik ahamiyatga ega bo’lgan Shusha shahri 1992 yil 8 mayda Armaniston qo’shini tomonidan ishg’ol qilingandi.

Shahar 2020 yil 8 noyabrda Ozarbayjon qo‘shinlari tomonidan ishg’oldan ozod qilingandi.


Tanlangan kalimalar: #Ilhom Aliyev , #Shusha , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar