Stokholmda Tog’li Qorabog’dagi urush qurbonlari yodga olindi

Ozarbayjonliklar Stokholmdagi Ozarbayjon elchixonasi oldida xotira marosimi o’tkazdi. Marosimda Tog’li Qorabog’ urushida halok bo’lgan harbiylar va ozarbayjonliklar yodga olindi, shamlar yoqildi, duolar o’qildi.

1555680
Stokholmda Tog’li Qorabog’dagi urush qurbonlari yodga olindi

 

Shvetsiya poytaxti Stokholmda Tog’li Qorabog’dagi urush qurbonlari yodga olindi.

Ozarbayjonliklar Stokholmdagi Ozarbayjon elchixonasi oldida xotira marosimi o’tkazdi.

Marosimda Tog’li Qorabog’ urushida halok bo’lgan harbiylar va ozarbayjonliklar yodga olindi, shamlar yoqildi, duolar o’qildi.

Ma’ruzalarda Ozarbayjon qurolli kuchlari Tog’li Qorabog’da vatan uchun jon bergan qahramon harbiylardan minnatdor ekanligi tilga olindi. Shuningdek, ishg’olchi Armaniston hujumlari qoralandi.

“Turkiya Chanoqqal’ada dushmanga qarshi qanday g’alaba qilgan bo’lsa, Ozarbayjon ham Tog’li Qorabog’da dushmanga qarshi shunday zafar qozondi. Urushda nafaqat harbiylar, balki ko’plab begunoh insonlar halok bo’ldi. Shahidlarimizning ruhi shod bo’lsin! Urushda halok bo’lgan ozarbayjonliklarni Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin!”,-deyiladi ma’ruzalarda.


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Tog'li Qorabog'

Aloqador xabarlar