Ilhom Aliyev:"Shusha shahri ishg’oldan ozod etildi"

“8 noyabr sanasi mamlakatimiz tarixida abadiy qoladi. Qurolli kuchlarimiz Shushani arman bosqinchilaridan ozod qildi. Biz bu g‘alabaga muzokaralar yo’li bilan emas, jang maydonida erishdik. Shusha bizniki! Qorabog‘ bizniki!”,-deb aytgan Ilhom Aliyev.

1523975
Ilhom Aliyev:"Shusha shahri ishg’oldan ozod etildi"

 

 

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Tog’li Qorabog’dagi Shusha shahri ishg’oldan ozod etilganligini e’lon qildi.

Ilhom Aliyev bu haqda xalqqa murojaatida ma’lum qildi.

“8 noyabr sanasi mamlakatimiz tarixida abadiy qoladi. Katta faxr bilan aytamanki, qurolli kuchlarimiz Shushani arman bosqinchilaridan ozod qildi. Biz bu g‘alabaga muzokaralar yo’li bilan emas, jang maydonida erishdik. Muzokaralardan ma'no yo‘q. Shusha bizniki! Qorabog‘ bizniki!”,-deb aytgan Ilhom Aliyev xalqqa murojaatida.

Ta’kidlash joizki, Ilhom Aliyev ushbu xushxabar munosabati bilan Bakudagi Shahidlar hiyoboniga keldi. Prezident avvalo mahrum prezident Haydar Aliyev qabriga gulchambar qo’ydi. Hurmat bajo keltirdi. So'ngra, Haydar Aliyev qabri poyida xalqqa murojaat qildi. Harbiy formada bo’lgan prezident Ilhom Aliyevga turmush o’rtog’i Mehribon Aliyeva ham hamrohlik qildi.

“Shusha Ozarbayjon tarixida muhim o’ringa ega. Shusha nafaqat Ozarbayjonning, balki butun Kafkaziyaning durdonasidir. 28 yil oradan so’ng, Shushada takror azon ovozi yangraydi. G’alaba uchun kurashimiz davom etadi. Armaniston hukumati talablarimizga bo’y sunmasa, oxirigacha kurashamiz. Xo’jali qurbonlarining qoni yerda qolmaydi. Shahidlarimiz uchun o’ch olindi. Biz bu g’alabaga jang maydonida erishdik”,-deb aytgan Ilhom Aliyev xalqqa murojaatida.

Eslatma: Shusha — Tog‘li Qorabog‘ning muhim shaharlaridan biri bo‘lib, u 1992 yil 8 mayda Armaniston tomonidan bosib olingandi.


Tanlangan kalimalar: #Ilhom Aliyev , #Shusha , #Armaniston , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar