Qirg‘iziston prezidenti Japarovni bosh vazirlikka tayinlash to‘g‘risidagi qarorni tasdiqlamadi

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakat parlamentining Sadir Japarov boshchiligidagi hukumat tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorini noqonuniy deb topdi.

1508567
Qirg‘iziston prezidenti Japarovni bosh vazirlikka tayinlash to‘g‘risidagi qarorni tasdiqlamadi

 

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakat parlamentining Sadir Japarov boshchiligidagi hukumat tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorini noqonuniy deb topdi.

Bu haqda Qirg’iziston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Sooronbay Jeenbekov 120 deputatga ega bo’lgan parlamentda ovoz berish jarayonida yetarli deputat to’planmaganligi uchun qarorni noqonuniy deb topib, hujjatlarni parlamentga qaytarishga qaror bergan.

"Kvorum ta'minlanmagan, kvorumsiz qabul qilingan qarorlar noqonuniy va yuridik kuchga ega emas deb topiladi. Shu sababli, Qirg‘iziston prezidenti apparati taqdim etilgan hujjatlarni parlamentga qaytardi", - deyiladi xabarda.

Eslatish joizki, parlament deputatlari 10 oktyabrdagi yig‘ilishda bosh vazir lavozimiga “Ota yurt” partiyasining sobiq deputati Sadir Japarovni tayinlagandi.  Favqulodda yig’ilishda 51 deputat shaxsan ishtirok etgandi, 10 nafari esa vakolatnoma yuborgandi. Bosh vazir nomzodi, hukumat dasturi, tuzilishi va vazirlar mahkamasining yangi tarkibini tasdiqlash uchun parlamentning kamida 61 deputati ovoz berishda shaxsan o’zi ishtirok etishi zarurligi qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, 4 oktyabrda Qirg‘izistonda o‘tkazilgan parlament saylovlaridan keyin parlamentga o‘ta olmagan partiyalar vakillari tomonidan Bishkekda tartibsizliklar uyushtirilgan, davlat idoralari binolari egallab olinib, talon-taroj qilingandi. Qamoqdagi bir qator siyosatchilar ozodlikka chiqarilgandi. Ular orasida “Ota yurt” partiyasi deputati Sadir Japarov ham bo’lgan. U o’sha kuni qamoqxonadan chiqarilib, bosh vazir lavozimiga o’tkazilgandi.

Natijada markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini bekor qilgandi. Tartibsizliklarda yuzdan ortiq kishi jarohat olgan, bir kishi halok bo‘lgandi.

6 oktyabr kuni parlament a'zolarining bir qismi bosh vazirlikka Sadir Japarov nomzodini ma'qullab ovoz berishgandi.



Aloqador xabarlar