Qirg‘izistonda favqulodda vaziyat e’lon qilindi

Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov poytaxtda favqulodda vaziyat e’lon qildi.

1506208
Qirg‘izistonda favqulodda vaziyat e’lon qilindi

Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov, umumiy saylovdan keyin tartibsizlikka aylangan norozichilik namoyishi tufayli poytaxtda favqulodda vaziyat e’lon qildi.

Qirg‘izistonda qamoqdan chiqarilgan sobiq Prezident Almazbek Atambayev, Prezident Jeenbekovning iste’foga chiqishini talab qildi.   

Saylov natijalariga norozichilik qilish namoyishlari chog‘ida tarafdorlari tomonidan seshanba kuni qamoqdan chiqarilgan Atambayev, asoschisi bo‘lgan Sotsial Demokrat partiyasi Bosh qarorgohida tarafdorlariga xitob etdi.

Unda Atambayev, hukmronligi davrida yo‘l qo‘ygan hatolari yuzasidan Qirg‘iziston xalqidan kechirim so‘rab, Prezident Jeenbekovni qattiq tanqid qildi.

Sobiq Prezident shuningdek, Jeenbekovning iste’foga chiqishini, xalqning birligi va birdamligining saqlab qolinishini talab qildi.

Atambayev, taraforlari bilan birga poytaxt Bishkekdagi Ala – Too maydonida yig‘ilmoqchi bo‘ldi.

Prezident Sooronbay Jeenbekov esa namoyishchilarning yig‘ilishiga monelik qilish uchun Bishkekda, mahalliy vaqt bilan soat 20:00 dan 08:00 gacha favqulodda vaziyat e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz:

Qirg‘izistonda 4 – oktabr kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovining natijalarini tan olmagan muxolifat partiya tarafdorlari, prezidentlik va parlament binosini bosib olib, sobiq Prezident Atambayevni qamoqxonadan chiqargandi.



Aloqador xabarlar