Ozarbayjon va Armaniston Tashqi Ishlar vazirlari Moskvada uchrashdi
Ozarbayjon va Armaniston Tashqi Ishlar vazirlari Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning taklifiga binoan Moskvada uchrashdi.
Ozarbayjon va Armaniston, qariyb ikki haftadan beri davom etgan to‘qnashuvlar ortidan birinchi marotaba bir stol atrofida uchrashdi.
Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning taklifiga binoan uyushtirilgan yig‘ilish poytaxt Moskvada boshladi.
O‘q uzishni to‘xtatish masalasi qo‘lga olinadigan yig‘ilishda Ozarbayjon hay’atiga Tashqi Ishlar vaziri Jayhun Bayramov, Armaniston hay’atiga esa Tashqi Ishlar vaziri Zograb Mnatsakanyan yetakchilik qilmoqda.
Yig‘ilish yetakchisi esa Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov.
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, o‘q uzishni to‘xtatish uchun Armanistonning bosib olgan tuproqlarni tark etishi va kechirim so‘rashini shart qo‘ygandi.
Aloqador xabarlar
Murat Nurtleu Olmaotada Jayhun Bayramov va Ararat Mirzoyan bilan uchrashdi
Murat Nurtleu Olmaotada Jayhun Bayramov va Ararat Mirzoyan bilan alohida - alohida uchrashdi.