Bayramov, Tog‘li Qorabog‘ masalasini muhokama qilish uchun Jenevaga jo‘nab ketmoqda

Bayramov YXHT Minsk guruhi hamraislari bilan Tog‘li Qorabog‘ masalasini muhokama qiladi.

1504947
Bayramov,  Tog‘li Qorabog‘ masalasini muhokama qilish uchun Jenevaga jo‘nab ketmoqda

Ozarbayjon Tashqi Ishlar vaziri Jayhun Bayramov Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Minsk guruhi hamraislari bilan Armaniston tomonidan bosib olingan Tog‘li Qorabog‘ masalasini muhokama qilish maqsadida Shveytsariyaning Jeneva shahriga boradi.

Vazirlik tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Bayramovning bugun amaliy tashrif bilan Jenevaga borishi ma’lum qilindi.

Bayonotda shuningdek, bundan maqsad YXHT Minsk guruhi hamraislari bilan uchrashuv va Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni hal qilish masalasida Ozarbayjonning munosabatini taqdim etish ekani qayd etildi.



Aloqador xabarlar