Aliyev, Tog‘li Qorabog‘da avj olgan taranglikda Turkiyaning o‘rniga e’tibor qaratdi

Rus davlat kanali “Rossiya – 24” ga intervyu bergan Aliyev, Armaniston tomonidan Ozarbayjonga qarshi uyushtirilgan hujumlar natijasida Tog‘li Qorabog‘da avj olgan taranglik haqida bayonotlar berdi.

1499807
Aliyev, Tog‘li Qorabog‘da avj olgan taranglikda Turkiyaning o‘rniga e’tibor qaratdi

Prezident Ilhom Aliyev, Turkiyaning Armaniston bilan bo‘lgan to‘qnashuvlarida tarafdorlik qilmagani, Ozarbayjonni manaviy jihatdan qo‘llab – quvvatlaganini qayd etdi.

Rus davlat kanali “Rossiya – 24” ga intervyu bergan Aliyev, Armaniston tomonidan Ozarbayjonga qarshi uyushtirilgan hujumlar natijasida Tog‘li Qorabog‘da avj olgan taranglik haqida bayonotlar berdi.

Armanistonning hujumlarida ozarbayjonlik askar va tinch aholi o‘ldirilganiga e’tibor qaratgan Aliyev,

“Hujumkor davlatga qarshi o‘z haqqimiz va tuproqlarimizni himoya qilish uchun kerakli javobni berishga majbur bo‘ldik.” deya gapirdi.

Ilhom Aliyev, Turkiyaning Ozarbayjon bilan Armaniston o‘rtasida yuz bergan Tog‘li Qorabog‘dagi to‘qnashuvda tarafdorlik qilmaganini eslatib o‘tgan holda,

“Turkiyaning roli mintaqadagi vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan. Turkiya, qardosh o‘lkamiz va ittifoqimizdir. To‘qnashuvlar boshlagan ilk soniyalarda Turkiya, Prezident (Rajap Tayyip Erdo‘g‘an) va boshqa yetakchilar Ozarbayjon va xalqaro huquqni qo‘llab – quvvatladi. Chunki Armaniston Ozarbayjon tuproqlarini ishg‘ol etish orqali qopollik bilan xalqaro huquq qoidalarini buzmoqda.” dedi.



Aloqador xabarlar