TKning Sog‘likni saqlash tarmog‘idagi Ilmiy kengashi vaktsina masalasi ustidan seminar uyushtirdi

Turk kengashining Sog’likni saqlash tarmog’idagi Ilmiy kengashi vaktsina masalasi ustidan seminar uyushtirdi. Ushbu seminar, Izmirdagi tarixiy Karantina orolida o‘z ishini boshladi.

1478647
TKning Sog‘likni saqlash tarmog‘idagi Ilmiy kengashi vaktsina masalasi ustidan seminar uyushtirdi

Sog‘likni Saqlash vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra Turkiyaning Izmir viloyatiga qarashli Urla tumanidagi tarixiy Karantina orolida (Izmirning Urla tumanida joylashgan va Osmoniy imperatorligi davrida yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda foydalanilgan “Urla Karantina oroli”, bugungi kunda butun dunyoni oz ichiga qamrab olgan koronavirus pandemiyasi yuzasidan katta qiziqishlarga yo‘l ochmoqda.) o‘tayotgan “Labaratoriyadan vaktsinaga” deb nomlangan seminarda, vaktsina sohasida ilmiy faoliyat olib borgan olimlar ishtirok etmoqda.

Turkiya Respublikasi Sog‘likni Saqlash vaziri o‘rinbosari Emine Alp Meshe, ochilish marosimida so‘zlagan nutqida, seminarning Covid – 19 pandemiyasiga qarshi kurash va global miqyosda sog‘likni saqlashga hissa qo‘shish niyatida uyushtirilganini qayd etdi. Ko‘p narsani birgalikda ishlab chiqarish imkoni borligini ta’kidlagan Meshe, seminarning, tarixiy merosga ega o‘lkalar orasida mushtarak faoliyat olib borish madaniyatini yaratishi jihatidan muhim shaxdam qadam hisoblanishini ta’kidladi.    

Turk kengashi Bosh kotibi Bag‘dad Amrayev ham mezbonligi uchun Turkiyaga minnatdorchilik bildirib, sog‘likni saqlash tarmog‘ida hamkorlik qilishning qanchalik muhim ekanligining huddi mana shu seminar orqali yana bir bor yaqqol kuzatilganini ifoda etdi.

Seminarda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, O‘zbekiston va Turkmaniston bilan Turkiyadagi turli universitetlar nomidan olimlar, o‘zlari olib borgan ilmiy ishlar ustida tajriba almashadi. Turkiyada vaktsina bo‘yicha olib borilgan faoliyatlar haqida batafsil ma’lumot beriladi.

Emine Alp Meshe yetakchiligidagi Turk kengashi tarkibidagi davlatlarning Sog‘likni saqlash tarmog‘i Ilmiy kengashi, a’zo davlatlarning Covid – 19 bosh bo‘lish bilan birga sog‘likni saqlash tarmog‘idagi muammolarini hal qilishga qaratilgan takliflar taqdim etmoqda. Shuningdek a’zo davlatlar, kengash orqali tajriba almashib, mushtarak loyiha ustida ish olib bormoqda.



Aloqador xabarlar