Ozarbayjon, O‘rta yer dengizi masalasida Turkiyani qo‘llab – quvvatlaydi

Ozarbayjon, O‘rta yer dengizi masalasida Turkiyani qo‘llab – quvvatlashini bayon etdi.

1475562
Ozarbayjon, O‘rta yer dengizi masalasida Turkiyani qo‘llab – quvvatlaydi

Ozarbayjon Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Leyla Abdullayeva, Turkiyaning Sharqiy O‘rta yer dengizidagi faoliyatlarini qo‘llab – quvvatlashda qarorli ekanliklarini bildirdi.

Abdullayeva mavzu haqida yozma ravishda bergan bayonotida, Turkiyaning O‘rta yer dengizi mintaqasining rivojlanishida tarix davomida muhim rol o‘ynaganini bildirdi.

Bugungi kundagi Sharqiy O‘rta yer dengizidagi tarangliklarning tez kunlarda hal qilinishidan umidvor ekanliklarini eslatib o‘tgan Abdullayeva bu borada,

“Qardosh Turkiyaning tinchlik va barqarorlik uchun tashlagan xalqaro huquq talabiga javob bergan har qanday qadamlarini qo‘llab – quvvatlashda qarorimiz qat’iydir. degan ifodalarga o‘rin berdi.

 



Aloqador xabarlar