Turkiya bilan Ozarbayjon qurolli kuchlari boshlatgan harbiy mashq davom etmoqda

Turkiya bilan Ozarbayjon qurolli kuchlari boshlatgan mushtarak harbiy mashq davom etmoqda.

1470773
Turkiya bilan Ozarbayjon qurolli kuchlari boshlatgan harbiy mashq davom etmoqda

Turk F - 16 lar Ozarbayjon uchoqlari bilan uchmoqda.

Turkiya bilan Ozarbayjon qurolli kuchlarining Ozarbayjonda boshlatgan mushtarak harbiy mashqi “TurAz Burguti 2020” (TurAz Kartalı 2020) davom etmoqda.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, mashqda Turk F - 16 uchoqlari bilan Ozarbayjonga oid urush uchoqlari tsenariyga muvofiq turli uchishlar ijro etmoqda.

Bayonotda, uchuvchilarning o‘z vazifalarini muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirayotganliklari ham qayd etildi.

Shuningdek mashqlar, havodan bo’lganidek quriqlikda ham davom etmoqda. Unda quriqlik unsurlari murakkab quriqlik sharoitida turli vazifalar ijro etmoqda.

Ular zamonaviy qurollardan foydalanib tamsiliy dushman hujumlariga qarshi kurashmoqda.

Ikkala mamlakatning mushtarak harbiy mashqi 29 – iyul kuni boshlagandi.



Aloqador xabarlar