Eren: “Turk millati, dunyoning qayerida bo‘lishidan qat’iy nazar har doim birgadir.”

Chet ellik turklar va qarindosh jamiyatlar yetakchiligi (YTB) rahbari Abdullah Eren, Ozarbayjondagi Diasporalar bilan ishlash bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi Fuad Muradov bilan online ravishda yig‘ilish o‘tkazdi.

1470452
Eren: “Turk millati, dunyoning qayerida bo‘lishidan qat’iy nazar har doim birgadir.”
YTB Azerbaycan.2.jpeg
YTB Azerbaycan.3.jpeg

Chet ellik turklar va qarindosh jamiyatlar yetakchiligi (YTB) rahbari Abdullah Eren, Ozarbayjondagi Diasporalar bilan ishlash bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi Fuad Muradov bilan online ravishda yig‘ilish o‘tkazdi.  

Unda Abdullah Eren, “Bir millatning ikkita diasporasi bo‘lmaydi. Turk millati, dunyoning qayerida bo‘lishidan qat’iy nazar har doim birgadir, do‘st va qardosh jon Ozarbayjonning yonidadir.” dedi.

Fuad Muradov bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilish ortidan ozarbayjonlik jurnalistlarga bayonotlar bergan Chet ellik turklar va qarindosh jamiyatlar yetakchiligi (YTB) rahbari Abdullah Eren, yig‘ilishda ikki mamlakat diasporasi o‘rtasidagi hamkorlik va Armanistonning Ozarbayjon tuproqlariga qarshi uyushtirgan hujumlarini ham qo‘lga olganliklarini belgilab o‘tdi.  

Armanistonning dahshatli hujumlari natijasida vafot etgan harbiy va harbiy bo‘lmagan barcha shahidlarga Olloxdan rahmat tilagan Eren, Armanistonning hujumlarini keskin qoralaganliklarini ham qayd etdi.

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo‘g‘an bilan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev liderligidagi ikki mamlakat o‘rtasidagi yaqin munosabatlarga ikkala davlatning tegishli diaspora tashkilotlari sifatida hissa qo‘shishga harakat qilganliklarini eslatib o‘tgan Abdullah Eren, bu borada ayniqsa, 2 yildan beri muhim faoliyatlar olib borganliklarini ifoda etdi.

“Turk kengashi doirasida Turkiyada diasporadan mas’ul qo‘mita rahbarlari/ vazirlar yig‘ilishi o‘tkazdik. Germaniyaning Berlin, AQShning Nyu – York shahrida diasporalarimizni uchrashtirgan nodavlat notijorat tashkilot yig‘ilishlari o‘tkazdik. Hamkorligimizni orttirish borasidagi faoliyatlarimizni davom ettirmoqdamiz.” degan Eren, Turkiya stipendiyalari (Türkiye Bursları) doirasida Turkiyada ta’lim olgan ozarbayjonlik talabalarga ham alohida e’tibor berganliklarini qayd etdi.  

Dunyoning turli burchagidagi Turkiya va Ozarbayjon diasporalarining Armaniston hujumlariga qarshi bir ovozdan norozichilik ko‘rsatib, Armanistonning Ozarbayjon tuproqlarini noqonuniy ravishda bosib olishini butun dunyoga birgalikda ovoza qilganliklariga e’tibor qaratgan Abdullah Eren, “Bir millatning ikkita diasporasi bo‘lmaydi. Turk millati, dunyoning qayerida bo‘lishidan qat’iy nazar har doim birgadir, do‘st va qardosh jon Ozarbayjonning yonidadir.” degan ifodalarga o‘rin berdi.  

So‘zlari yakunida, Turkiyaning Armanistonning hujumlariga boshidan beri qarshilik ko‘rsatganini va turk xalqining ham har doim Ozarbayjon bilan birga ekanligini eslatib o‘tgan Eren, Turkiyaning diaspora tashkiloti hisoblangan Chet ellik turklar va qarindosh jamiyatlar yetakchiligi (YTB) ning ham faoliyatlari qatorida Ozarbayjon va Ozarbayjon xalqining yonida ekanligini ta’kidladi.  


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Abdullah Eren , #Fuad Muradov

Aloqador xabarlar