O'zbekiston va Turkiya parlamentlari rahbarlari muloqot qildi

4-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyevaning Turkiya Respublikasi Buyuk Millat Majlisi Raisi Mustafa Shentop bilan telefon orqali muloqoti bo’lib o’tdi.

1470240
O'zbekiston va Turkiya parlamentlari rahbarlari muloqot qildi

 

4-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyevaning Turkiya Respublikasi Buyuk Millat Majlisi Raisi Mustafa Shentop bilan telefon orqali muloqoti bolib otdi.

Ikki mamlakat parlamentlari rahbarlari butun musulmon olamining shodlik va shukronalik, xayr-saxovat va ezgulik ayyomi bo’lgan Qurbon hayiti munosabati bilan samimiy tilak bildirdilar.

Turkiya Respublikasi Buyuk Millat Majlisi Raisi Mustafa Shentop koronavirus pandemiyasini tezroq yengishni tilab, bu borada Turkiya O’zbekistonga yordam berishga tayyor ekanini ma'lum qildi.

Tomonlar davlatlar prezidentlari boshchiligida oliy darajadagi muntazam muloqotlar va yaqin munosabatlar olib borilayotgani natijasida barcha sohalar qatori parlamentlararo hamkorlik yangi bosqichga ko’tarilayotgani to’g’risida so’z yuritdi.

Ikki mamlakat parlamentlari o’rtasida imzolangan hamkorlik to’g’risidagi memorandum o'zaro aloqalarning shartnoma-huquqiy asosini yaratish bilan birga amaliy chora-tadbirlar ko’rishni taqozo etishi borasida to’xtalib o’tildi.

2020-yil fevralda bo’lib o’tgan O’zbekiston Prezidentining Turkiyaga tashrifi doirasida tarixda ilk bora eng yuksak formatdagi, ya'ni ikki davlat rahbarlari hamraisligidagi oliy darajadagi O'zbekiston –Turkiya strategik hamkorlik kengashining ilk yig’ilishi yakuni bo’yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda o’z vakolatlari doirasida parlamentlar ham munosib hissasini qo’shishi kerakligi qayd etildi.

Bundan tashqari, shakllantirilgan do’stlik guruhlari tomonidan parlamentlararo hamkorlik borasida fikr almashilayotgani, Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti bilan Turkiya Buyuk Millat Majlisining Tadqiqot markazi o’rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish zarurligi ta'kidlandi.

Suhbat do'stona va samimiy ruhda o'tdi.



Aloqador xabarlar