Yevroosiyo kun tartibi 30 - qism

Dasturimizning bugungi sonida Ozarbayjon – Armaniston chegarasida yuz bergan to‘qnashuvlar haqida so‘z qilamiz.

1459933
Yevroosiyo kun tartibi 30 - qism

Dasturimizning bugungi sonida Ozarbayjon – Armaniston chegarasida yuz bergan to‘qnashuvlar haqida so‘z qilamiz.

2020 – yilning 12 – iyuli kuni Armanistonning o‘q uzishni to‘xtatish kelishuvini buzib, hujum uyushtirishi oqibatida Ozarbayjon – Armaniston chegarasida to‘qnashuv kelib chiqqandi.

Ozarbayjonning Tovuz mintaqasida yuzaga kelgan to‘qnashuv hali hanuz to‘xtamadi. Ikkala mamlakat o‘rtasida oxirgi marotaba 2016 – yilning aprel oyida katta to‘qnashuv qayd etilgandi. Bugungacha Ozarbayjonda bir nafari general bo‘lish bilan birga 12 askar bilan tinch aholidan bir kishining shahid bo‘lganligi haqida ma’lumot berildi. Armaniston tomoni 4 askarning vafot etganligi haqida ma’lumot berishiga qaramay bu raqamlarning noto‘g‘ri ekanligi Ozarbayjon Qurolli kuchlarining oxirgi to‘qnashuvlar haqida bo‘lishgan videolavhalardan yaqqol ko‘rinib turipdi. Armanistonning chegara hududlaridagi to‘qnashuvni Tog‘li Qorabog‘dan tashqariga yoyishga harakat qilishi, Yerevan yetakchiligining yangi kirli o‘yinlar payida ekanligidan xabar beradi.

Shahidlar oxirgi safarlariga kuzatilganidan keyin Ozarbayjon xalqi ko‘chalarda yig‘ilib, Qorabog‘ning qaytarib olinishi uchun katta mitinglar uyushtirdi. Oxirgi kunlarda ixtiyoriy ravishda askarga, xizmatga yozilgan fuqarolarning soni 25 ming nafardan oshdi. Ozarbayjonliklar Qorabog‘ni qaytarib olishda qarorli.

Oxirgi yillarda Tog‘li Qorabog‘ning xalqaro terrorning iniga aylangani, jangarilarning Yaqin Sharqda mashg‘ulotdan o‘tkazilayotganligi haqidagi iddiolar olib chiqilmoqda kun tartibiga. Bu iddiolarning jiddiy ravishda ko‘rib chiqilishi darkor. Aks holda, Ozarbayjon armiyasi keyinchalik dunyoning turli mintaqalaridan kelgan va ijaraga olingan qotillarga qarshi kurashishga majbur bo‘lib qolishi mumkin.

Chegarada yuz bergan voqealar natijasida Prezident Ilhom Aliyev Tashqi Ishlar vaziri Elmar Memmedyarovni xizmatdan boshatdi. 2004 – yildan beri Tashqi Ishlar vaziri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Memmedyarovning xizmatdan olinishi, ayniqsa Qorabog‘ muammosining hal qilinishida kuchli tashqi siyosat yuritilishining talab qilinganidan dalolat beradi.

Kelib chiqqan to‘qnashuvlardan keyin Armaniston a’zo bo‘lgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidan, umid qilgan yordamini ololmas ekan Turk kengashi vaqtni qo‘ldan boy bermay hamon, Ozarbayjonni qo‘llab – quvvatlagan bayonotini chop ettirdi. Erondan boshqa hamma qo‘shnisi bilan til topisholomagan Armaniston, urush kelib chiqqudek bo‘lsa davlat sifatida ham murakkab vaziyatda qo‘lishi mumkin.  

Tog‘li Qorabog‘ bosib olinganidan beri mintaqada va dunyoda ko‘p narsa o‘zgardi. Ozarbayjon Mudofaa tarmog‘ida Armanistondan ancha ustun. Turkiya, har qanday vaziyatda Ozarbayjonga kerakli yordamni bermoqchi ekanligini ma’lum qildi. Turkiyaning oxirgi davrda chet elda uyushtirgan muvaffaqiyatli harbiy amaliyotlari butun dunyoga ma’lum.

Armanistonda Nikol Pashinyanning hokimiyatga kelishi bilan Rossiya va Armaniston munosabatlarining turg‘unlashgani kuzatilmoqda. Yerevan yetakchiligi to‘qnashuv kelib chiqqudek bo‘lsa shimoldagi yordamchisidan kutgan yordamini ololmasligi mumkin. Shu bois ham Armaniston ig‘vogar tusda qadam tashlashdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘rishi kerak.

Qorabog‘ muammosini hal qilish uchun tashkil etilgan Minsk guruhining vazifa muddatining tugagani o‘rtada. Muammoning hal qilinishi uchun tarkibida Turkiya ham o‘rin olgan yangi xalqaro mexanizmning qurilishi kerak. Masalan, Ostona uchlisi bu muammoni hal qilish masalasini qo‘lga olsa bo‘ladi degan fikrdamiz chunki Qorabog‘ masalasi Ostona uchlisi tarkibidagi uchala mamlakatni ham to‘g‘ridan – to‘g‘ri qiziqtiradi. 

Qisqacha aytganda, haqiqat o‘z o‘rnini topgunga, Qorabog‘ qaytarib olingunga qadar kurash davom etadi.

 

 

 



Aloqador xabarlar