Prezident Erdo‘g‘an Shavkat Mirziyoyev bilan muloqot qildi

Ikki yetakchi suhbat avvalida muborak Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlarini o‘zaro tabrikladilar, shuningdek, qardosh o’zbek va turk xalqlariga baxt-saodat va farovonlik tiladilar.

1422647
Prezident Erdo‘g‘an Shavkat Mirziyoyev bilan muloqot qildi

 

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an 23 may kuni   O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qildi. 

Bu haqda Turkiya Respublikasi prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko’ra, ikki yetakchi suhbat avvalida butun musulmon olami uchun shukronalik, xayr-saxovat va ezgulik ayyomi bo‘lgan muborak Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlarini o‘zaro tabrikladilar, shuningdek, qardosh o’zbek va turk xalqlariga baxt-saodat va farovonlik tiladilar.

Qolaversa, prezidentlar ikki davlat o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni ko’zdan kechirdi. Bundan tashqari, global xatar - COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda yaqindan hamkorlik qilinayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentiga pandemiyaga qarshi kurashda ko‘rsatgan yordami uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Muloqot yakunida mintaqaviy hamkorlik va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.



Aloqador xabarlar