Qirg’izistonning Batken viloyatida sel falokati ro’y berdi

Xabarga ko’ra, sel oqibatida 20 ta uy suv tagida qolib ketgan. Qurbonlarning yo’qligi aytilmoqda.

1409819
Qirg’izistonning Batken viloyatida sel falokati ro’y berdi

 

 

Qirg’izistonning Batken viloyatida kuchli yog’ingarchiliklar oqibatida sel falokati ro’y berdi.

Bu haqda Qirg’iziston favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko’ra, sel oqibatida 20 ta uy suv tagida qolib ketgan. Qurbonlarning yo’qligi aytilmoqda.

Qirg’iziston favqulodda vaziyatlar vaziri Zamirbek Askarovning topshirig’iga binoan, vazir o’rinbosari Ravshan Risbayev boshchiligida maxsus komissiya tuzilgan. Ular voqea joyiga yetib borishgan va u yerdagi vaziyatni tekshirishmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Batken , #sel , #Qirg'iziston

Aloqador xabarlar