O’zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 23 kishiga yetdi

O’zbekiston sog’liqni saqlash vazirligi ma'lum qilishicha, Fransiyada bo’lib qaytgan birinchi bemorning yana uch nafar yaqinida koronavirus aniqlangan.

1381041
O’zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 23 kishiga yetdi

 

 

O’zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 23 kishiga yetdi.

Bu haqda O’zbekiston sog’liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Fransiyada bo’lib qaytgan birinchi bemorning uch nafar yaqinida koronavirus aniqlangan.

Avvalroq, uning o’g’li, qizi, turmush o’rtog’i, nabirasi, onasi, kelini, yana bir qarindoshi va bir hamkasbida koronavirus aniqlangandi.

15 mart kuni Istanbuldan Toshkentga parvoz qilgan yana bir yo’lovchida ham koronavirus aniqlangandi. U bilan birga Istanbul-Toshkent reysida kelgan yana uch kishida koronavirus infektsiyasi aniqlangan edi.

Shuningdek, 14 mart kuni Londondan Toshkentga kelgan yana bir yo’lovchida ham koronavirus aniqlangan. Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilishlaricha, hozirda ularning barchasi karantinga olingan.

Eslatish joizki, Dubaydan Toshkentga uchib kelgan bir fuqaroda ham koronavirus aniqlangandi. Shu bilan mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 23 kishiga yetdi.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar