O‘zbekistonda talabalar va maktab o‘quvchilariga ta'til berildi

Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov koronavirus mavzusiga bag‘ishlangan brifing chog‘ida ma'lum qildi.

1378754
O‘zbekistonda talabalar va maktab o‘quvchilariga ta'til berildi

 

 

O‘zbekistonda koronavirus tufayli barcha oliy ta'lim muassasalari talabalari, maktab o‘quvchilari va maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga bugun, 16 martdan e’tiboran ta'til berildi.

16 martdan boshlab O‘zbekistondagi barcha bolalar bog‘chalari, maktablar va oliy ta'lim muassasalari koronavirus tarqalishiga qarshi profilaktika maqsadida karantinga olinadi.

Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov koronavirus mavzusiga bag‘ishlangan brifing chog‘ida ma'lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, ta'lim muassasalaridagi karantin uch haftagacha davom etishi ko‘zda tutilgan, vaziyatga qarab muddat uzayishi ham mumkin.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar