27-31 yanvar orasida O’zbekistonda bo’lib o’tgan dolzarb masalalar.

AQSh Davlat Kotibi Mike Pompeo Markaziy Osiyo Tashqi İshlar Vazirlari uchrashuvida ishtirok etish uchun O'zbekistonga qilgan rasmiy tashrifi doirasida uchrashuvda eng ko'p nutq so'zlagan vazir bo'ldi.

1353253
27-31 yanvar orasida O’zbekistonda bo’lib o’tgan dolzarb  masalalar.

AQSh Davlat Kotibi Mike Pompeo Markaziy Osiyo Tashqi İshlar Vazirlari uchrashuvida ishtirok etish uchun O'zbekistonga qilgan rasmiy tashrifi doirasida uchrashuvda eng ko'p nutq so'zlagan vazir bo'ldi.

Markaziy Osiyo Tashqi İshlar Vazirlari uchrashuviga qo'shni davlat Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkmaniston va Tojikiston Tashqi ishlar vazirlari ham ishtirok etdi.

AQShning yangi Markaziy Osiyo siyosatini aniqlash uchun amalga oshirgan bu tashrifi doirasida o'zaro hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik masalalari va zamonaviy tahdidlarga qarshi birgalikda hamkorlik qilish masalalari  muhokama qilindi.

Afg'onistonda doimiy tinchlik va barqarorlikni ta'minlash masalalari eng dolzarb masala bo'lib qolmoqda.

AQSh xususan eng ko'p aholisi va o'sib borayotgan iqtisodiyoti bilan O‘zbekistonning strategik hamkorligiga muhim ahamiyat bermoqda.

Pompeo uchrashuvlarining so'ngi kunida prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilindi. Uchrashuvda strategik hamkorlikning taraqqiyotiga urg'u  berildi.

Qadimiy madaniyatga ega bo'lgan O'zbekiston go’yo ochiq muzey. 2017 yilda  O'zbekistonga kelgan turist soni 1 million 700 mingni tashkil etgan bo'lsa,  77 davlatga viza tizimini soddalashtirilishi natijasida turistlar soni 6 million 700 mingga etdi.

Qadimiy madaniyatni dunyoga olib chiqayotgan Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 trillion dollarlik sektorda ulushni qo'lga kiritish uchun yangi maqsadlarni aniq qilib qo'ydi. 

2022 yilda turist sonini 10 millionga, 2025 yilda esa 12 millionga yetkazishni  maqsad qilib qo'yildi.

Turistlardan keladigan tushumlarni 3 milliard  dolarga oshirish, 1700 ta  mehmonxona kelgusi  5 yil ichida 3mingga yetkazish ko'zda tutilgan. 

Uy  mehmonxonalarni o'lkada keng ommalashtirish yangi  tajribalardan biri. Mavjud raqamlarni mingga yetkazish maqsad qilib qo'yilgan.   

Tez sur'atlarda turizm sohasida ish o'rinlari bilan ta'minlash maqsadida yiliga 30 ming kishi ishlay oladigan yangi ish sohalarini yaratishdan iborat.

O'zbekistonda olib borilayotgan islohotlardan keyin xalqaro vakolatxonalarga bo'lgan qiziqish ortib  bormoqda. Birlashgan Millatlarning jadal ish olib borayotgan o'lkada dunyo bilan integratsiyasi tez sur'atlarda o'sib bormoqda.  Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholi Foni boshlig'i Yu YUBU Toshkentda uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuvda  oila, jinsi tenglik va xotin-qizlarga zo‘ravonlik masalalari kun tartibidan joy oldi.

Senat boshlig'i Tanzila Norboyeva uchrashuvda sog'lom oila qurish, jinsi tenglikni yo’lga qo'yish va  xotin-qizlarga zo‘ravonlik masalalariga chek qo'yilishi  davlat siyosati darajasida  dolzarb masala ekanligini ta’kidladi.

 Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholi Foni boshlig'i Yu YUBU O'zbekistonda ona va bola o'limlarining kamayishi va oilalarning tinch-totuv  yashashini ta'minlash borasida olib borilgan ishlarini yuqori baholadi. 

O'zbekiston betakror qir-adirlari va sermahsul tuproqlari bilan mashhur qishloq xo'jaligi va chorvachilik o'lkasi.

Qo'shni davlatlarga milliard dollar daromad  keltirgan yillik qishloq xo'jaligi eksportini amalga oshirgan o'lkada chorvachilik rivojlanish bosqichida.

Xususan, bu sohada Turkiyaning tajribalaridan foydalanish borgan sari ortib  bormoqda.

Davlat veterinariya  va chorvachilikni rivojlantirish qo'mitasi tomonidan Toshkentda xalqaro konferensiya o'tkazildi.   Unda zamonaviy qishloq xo'jaligi va chorvachilik mavzularida tajribali o'lkalar bilan o'rtoqlashdi.

Konferensiyaga Turkiyadan juda ko'p mutaxassis qatnashdi. Konferensiyada sohaning kelajagi haqida fikr almashildi .

Shuningdek, zamonaviy chorvachilik kompleksining qurilishli, chorva mollarini yetishtirish va yem sifatini yanada oshirish mavzularida mutaxassislar  fikr va takliflarini  bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Mayk Pompeo , #O'zbekiston , #Kotib , #Davlat , #AQSh

Aloqador xabarlar