O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga safar qildi

Tashrif doirasida qiymati 6,5 milliard dollarga teng bo‘lgan 48 ta kelishuv va shartnoma imzolanishi kutilmoqda.

1325441
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga safar qildi

 

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Yaponiyaga safar qildi.

Poytaxt Tokiodagi “Xaneda” xalqaro aeroportida O‘zbekiston prezidentini Yaponiya ta'lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar, ta'lim tizimini tiklash masalalari vaziri Xagiuda Koichi, Yaponiya Tashqi ishlar vazirligining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Xideki Uyama va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrifning asosiy tadbirlari bugun, 18-dekabr chorshanba kuni boshlanadi.

Bugun Tokioda Yaponiya Bosh vazirining o‘rinbosari, moliya vaziri Taro Aso, Yaponiya parlamentining O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi faollari hamda Yaponiyaning yetakchi kompaniya va banklari vakillari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Tashrif 17 dekabrdan 20 dekabrgacha davom etishi va qiymati 6,5 milliard dollarga teng bo‘lgan 48 ta kelishuv va shartnoma imzolanishi kutilmoqda. 

Shavkat Mirziyoyevning rasmiy tashrifi doirasida Yaponiyaning yirik shaharlaridagi LED-ekranlarda O‘zbekistonning turistik salohiyati namoyish qilinmoqda. 

 


Tanlangan kalimalar: #Shavkat Mirziyoyev , #Yaponiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar