O'zbekistonda Turkiya tibbiyot fanlari universitetining tibbiyot fakulteti va oliy maktabi ochildi

Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tantanali marosimda Turkiya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri va boshqa vakillar ishtirok etdi.

1291179
O'zbekistonda Turkiya tibbiyot fanlari universitetining tibbiyot fakulteti va oliy maktabi ochildi

 

 

"Abu Ali Ibn Sino" nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti qoshida Turkiya Respublikasi Tibbiyot fanlari universitetining tibbiyot fakulteti va malakali tibbiy xizmatlar oliy maktabi ochildi.

Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tantanali marosimda Turkiya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri va boshqa vakillar ishtirok etdi.

Tadbirda O’zbekistonda sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish, sohaning huquqiy asoslari va tibbiy muassasalar moddiy -texnika bazasi mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi.

Turkiya tibbiyot fanlari universitetining BuxDTI qoshidagi tibbiyot fakultetida oʻqish 6 yillik boʻlib, bu yerda davolash mutaxassisligi boʻyicha bakalavrlar tayyorlanadi.

Uch yillik malakali tibbiy xizmatlar oliy maktabida esa, sogʻliqni saqlash muassasalariga shifokor yordamchilari boʻladigan birinchi tez yordam, fizioterapeya va anesteziologiya yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar yetkazib beriladi.

Taʼlim sohasidagi ushbu hamkorlik xalqaro standartlarga javob beradigan, sohaga eng zamonaviy tashxis va davolash texnologiyalari hamda usullarini qoʻllay oladigan yetuk shifokor mutaxassislarni tayyorlash imkoniyatlarini kengaytiradi.

 



Aloqador xabarlar