Osiyo mamlakatlarining birinchi yozuvchilari forumi bugun o’z ishini boshladi

Osiyo mamlakatlarining birinchi yozuvchilari forumi Qozog’iston poytaxti Nur-Sultonda bugun o’z ishini boshladi.

1263782
Osiyo mamlakatlarining birinchi yozuvchilari forumi bugun o’z ishini boshladi
Kasim Comert Tokayev.jpg

Osiyo mamlakatlarining birinchi yozuvchilari forumi Qozog’iston poytaxti Nur-Sultonda bugun o’z ishini boshladi.

Mazkur forumning ochilish marosimda Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Qosim Jomart Toqayev bilan birga dunyoning 38 davlatidan, qariyb 300 taniqli yopzuvchi va adabiyotchi ishtirok etdi.

Toqayev marosimda so’zlagan nutqida forumning ijodiy hamjamiyat uchun muhim muloqot sohasiga aylanishi va shunday tarmoqlarda odambolasini tashvishga solgan jiddiy muammolarning muhokama qilinishi kerakligini qayd etdi.

Adabiyot olami uchun ajoyib imkonlar yaratishning eng asosiy orzu tilaklardan biri ekanligini ta’kidlagan Toqayev,

“Buning uchun adabiyot mukofatini tashkil etishimiz va uning saviyasini butun dunyoga tanilgan mukofatlar qatoriga olib chiqishimiz kerak” dedi.

Toqayev, osiyolik yozuvchilarning elektronik kutubxonasini tashkil etishning vaqti kelganiga e’tibor qaratdi.

Forumda Turkiya nomidan ishtirok etgan Yevroosiyo Yozuvchilar uyushmasi raisi Yakup O’mero’g’lu, “Anadolu” axborot agentligiga bergan intervyusida, Prezident Toqayev taklifini quyidagicha baholadi:

“Osiyo adabiyotining kelajakdagi yo’lini shakllantirgan holda, dunyo miqyosida Osiyo markasi bilan tanitishning tayyorgarchiligidir”.

Osiyo mamlakatlarining yozuvchilari o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashni ko’zlagan forumning birinchi kunida Osiyo mamlakatlarining adabiyotlari va global muammolar qo’lga olinmoqda.  

Forum, 6-sentabrgacha davom etar ekan shu doirasida chet mamlakatlarning yozuvchilar uyushmasi o’rtasida hamkorlik shartnomasiga qo’l qo’yilishi kutilmoqda.



Aloqador xabarlar